Logo

Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda?

Бугун 10:372 дақиқа

2026-yil 13-iyul holatiga ko‘ra, aholi uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi e’lon qilindi.

Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda? © istock

O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 13-iyul holatiga ko‘ra, banklarning aholi uchun ajratadigan ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi o‘tgan haftaga nisbatan o‘zgarishsiz qolib, 22,1 foizni tashkil etgan.

Eng past ipoteka foiz stavkasini 20,5 foiz bilan «OFB» taklif qilmoqda. Shuningdek, «Aloqabank»da ipoteka krediti 20,6 foiz, «Asaka bank»da 20,9 foiz, «Milliy bank» va «SQB»da 21,1 foiz, «Agrobank»da esa 21,3 foizdan ajratilmoqda.

«Ipoteka bank» ipoteka kreditlarini 21,8 foizdan, «Hamkorbank» 22,0 foiz, «BRB» 22,8 foiz, «Infinbank» 22,9 foiz, «Xalq banki» 23,1 foiz hamda «Trastbank» 23,6 foiz stavkada taklif etmoqda.

Yuqoriroq foiz stavkalari qatoridan «Asia Alliance Bank» 23,7 foiz, «Turon bank» 24,1 foiz, «Ipak yo‘li bank» 24,4 foiz, «Mikrokreditbank» 24,5 foiz ko‘rsatkich bilan o‘rin olgan.

Eng yuqori ipoteka foiz stavkalari «Kapital bank» va «Apex bank»da bo‘lib, har ikkisida ham ipoteka kreditlari 25,0 foiz stavkada taklif etilmoqda.

photo_2026-07-18_10-37-05



Ma’lumot uchun, 5 oyida O‘zbekistonda 21,5 mingdan ortiq fuqaroga ipoteka kreditlari rasmiylashtirildi. Shu bilan birga, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan 622,8 mlrd so‘mlik subsidiyalar to‘lab berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-iyuldan O‘zbekistonda «Maqsadli ipoteka omonati» mexanizmi tajriba-sinov tariqasida joriy etildi. Yangi tartibga ko‘ra, ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya ajratish haqida ijobiy xabarnoma olgan fuqarolar ixtiyoriy ravishda tijorat bankida maxsus ipoteka omonatini shakllantiradi.

Теглар

Мавзуга оид