«Uzbekistan Airways» foydasi 3 barobarga ko‘paydi

Бугун 16:082 дақиқа

Kompaniya murakkab sanoat muhiti fonida foydasini sezilarli oshirishga erishdi. Uning 25 foizi UzNIF tarkibida IPOga chiqariladi.

«Uzbekistan Airways» foydasi 3 barobarga ko‘paydi

2026 yilning I choragida «Uzbekistan Airways» sof foydasi 151,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu haqda kompaniya moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Aviakompaniya foydasi 2025 yilning mos davriga nisbatan uch barovar ko‘paydi — o‘shanda 49,6 mlrd foyda olingandi.

Foyda sezilarli o‘sishiga daromadlar oshishidan ko‘ra, xarajatlar kamaygani sabab bo‘ldi. Daromad 3,8 trln so‘mdan 3,9 trln so‘mga o‘sgan bo‘lsa, xarajatlar 3,7 trln so‘mdan 3,3 trln so‘mga qisqardi.

Buning natijasida «Uzbekistan Airways» yalpi foydasi 171,2 mlrddan 608,6 mlrd so‘mgacha o‘sdi.

Uch oy ichida foyda solig‘ini to‘lash xarajatlari 90,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. 2025 yil I chorakda bu ko‘rsatkich 108,3 mlrd so‘m edi.

Tahlilchining fikriga ko‘ra, bularning barchasi murakkab sanoat muhiti fonida sodir bo‘lmoqda.

Eron bilan bog‘liq mojaro tufayli aviatsiya yoqilg‘isi narxlari tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, bu esa kompaniyalarni keskin choralar ko‘rishga majbur qilmoqda.

O‘zbekistonda aviakompaniyalar hali bu muddatga o‘tmagan, ammo ular, masalan, yoqilg‘i qo‘shimcha to‘lovlarini oshirish orqali moslashmoqdalar. Biroq, agar Eron bilan bog‘liq mojaro cho‘zilib ketsa, biz ham narxlar va reyslarda sezilarli o‘zgarishlarni ko‘ramiz, — deydi tahlilchi.

Xususiylashtirish va IPO

«Uzbekistan Airways»ni xususiylashtirish 2022 yilda boshlangan edi. Davaktiv o‘sha yil oxirigacha xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni ham qabul qilgan. Ammo bu jarayon haliga amalga oshgani yo‘q.

Xususiylashtirish o‘rniga kompaniyaning 25 foiz ulushi Milliy investitsiya jamg‘armasi tarkibida London va Toshkentda ikki tomonlama IPO orqali savdoga chiqariladi.

IPO 2026 yil o‘rtasida o‘tkazilishi kutilmoqda. Jamg‘armaga «Blackrock» va «Franklin Resources» kabi yirik investorlar qariyb 300 mln dollar mablag‘ kiritishga tayyorligi aytgan.

Теглар

Мавзуга оид