Xitoy Isroilni tiyilishga chaqirdi

04.03.2026 | 21:471 дақиқа

Pekin mojaroning yanada kuchayishi va vaziyat nazoratdan chiqib ketishining oldini olish maqsadida urushni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

Xitoy Isroilni tiyilishga chaqirdi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSH va Isroilning Eronga bergan zarbalariga qarshi chiqdi va harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Isroil tashqi siyosati yetakchisi Gideon Saar bilan telefon orqali muloqotda Isroilni Eronga qarshi harbiy harakatlarini to‘xtatishga chaqirdi.

Xitoy TIV rahbari mamlakatning xalqaro va mintaqaviy masalalar muloqot va maslahatlashuvlar orqali hal qilinishi kerakligi haqidagi pozitsiyasini ta’kidladi.

«Eron va AQSH o‘rtasidagi so‘nggi muzokaralar sezilarli darajada oldinga siljidi va ularda Isroilning xavfsizlik borasidagi xavotirlari ham hisobga olingan edi. Afsuski, bu jarayon harbiy zarbalar tufayli barbod bo‘ldi», - deyiladi bayonotda.

Xitoy mojaroning yanada kuchayishi va vaziyat nazoratdan chiqib ketishining oldini olish maqsadida harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Xitoy Isroil va AQSH tomonidan Eronga berilgan zarbalarga qarshi.

«Kuch ishlatish muammolarni haqiqiy ma’noda hal qila olmaydi. Buning o‘rniga u yangilarini yaratadi va jiddiy oqibatlarni keltirib chiqaradi», - deyiladi bayonotda.

Теглар

Мавзуга оид