Yangi haftada O‘zbekiston bo‘ylab quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

14.02.2026 | 21:452 дақиқа

Keyingi haftada O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo ustunlik qiladi, yog‘ingarchilik deyarli kutilmaydi. Faqat 16-fevral kuni ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir ehtimoli bor, tog‘li joylarda esa qor ko‘chishi xavfi saqlanadi.

Yangi haftada O‘zbekiston bo‘ylab quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

O‘zgidromet 15-18-fevral kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 16-17-fevralda ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17-fevralda +1...+6 daraja iliq, 18-fevralda +3...+8 daraja iliq, kunduzi 15 va 17-fevralda +10...+15 daraja iliq, 16-fevralda +5...+10 daraja iliq, 18-fevralda +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 16-17-fevralda ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi 15-fevralda +17...+22 daraja iliq; 16-17-fevralda +12...+17 daraja iliq, 18-fevralda +18...+23 daraja iliq; Navoiy viloyati shimolida 15-17-fevralda +1...+6 daraja iliq, 18-fevralda +3...+8 daraja iliq, kunduzi 15 va 17-fevralda +10...+15 daraja iliq, 16-fevralda +5...+10 daraja iliq, 18-fevralda +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirsaryo, Jizzax va Samrqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-fevralda Samarqand viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15-fevralda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 16-fevralda ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15 va 17-18-fevralda +5...+10 daraja iliq, 16-fevralda +7...+12 daraja iliq, kunduzi 15-16-fevralda +15...+20 daraja iliq, 17-fevralda +12...+17 daraja iliq, 18-fevralda +17...+22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-fevralda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 16-fevralda ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17-fevralda kechasi +5...+10 daraja iliq, 18-fevralda +8...+13 daraja iliq, kunduzi 15-fevralda +18...+23 daraja iliq, 16-fevralda +15...+20 daraja iliq, 17-fevralda +13...+18 daraja 18-fevralda +20...+25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15-fevralda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+9 daraja iliq, kunduzi 15-16-fevralda +15...+20 daraja iliq, 17-fevralda kechasi +12...+17 daraja iliq, 18-fevralda +16...+21 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 15-16-fevralda qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 15-fevralda kechasi -2...-7 daraja sovuq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi; 16-18-fevralda kechasi 0...+5 daraja iliqqacha, kunduzi +9...+14 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Теглар

Мавзуга оид