Yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi ma’lum qilindi

24.02.2026 | 15:171 дақиқа

2025 yilda yashash va ovqatlanish xizmatlarida 10,4 foizlik o‘sish qayd etildi.

Yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi ma’lum qilindi

2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi qariyb 227 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Sohada 2024 yilga nisbatan 10,4 foizlik o‘sish qayd etilgani xizmatlar bozori barqaror kengayayotganini ko‘rsatadi.

Mazkur natija turizm, mehmonxona biznesi va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida talab yuqori bo‘lib qolayotganini anglatadi. Ayniqsa, ichki turizm va xizmatlar infratuzilmasining rivojlanishi bozor hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Eng yuqori ko‘rsatkich

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi — 38,7 trln so‘m. Shuningdek, Samarqand viloyatida 26 trln so‘m, Namangan viloyatida 23,6 trln so‘m va Farg‘ona viloyatida 22,8 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan. Qashqadaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 20 trln so‘mni tashkil etgan.

Boshqa hududlarda ham barqaror hajm shakllangan. Toshkent viloyatida 16,1 trln so‘m, Andijon viloyatida 15,1 trln so‘m, Xorazm viloyatida 12,6 trln so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,4 trln so‘m xizmat ko‘rsatilgan. Buxoro viloyatida 11,6 trln so‘m, Surxondaryo viloyatida 9,8 trln so‘m, Jizzax va Navoiy viloyatlarida 6,9 trln so‘mdan, Sirdaryo viloyatida esa 4,4 trln so‘mlik xizmat qayd etilgan.

Mutaxassislar fikricha, aholi daromadlarining o‘sishi va xizmatlar sifati yaxshilanishi kelgusi yillarda ham sohada ijobiy dinamikani saqlab qolishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид