Logo

Yo‘llarda mobil radarlar borligini maxsus yo‘l belgilari bilan ko‘rsatish talabi bekor qilindi

Кеча 11:061 дақиқа

Endi radar o‘rnatilganini maxsus belgilar orqali ko‘rsatish majburiyati faqat statsionar radarlargagina tatbiq etiladi.

Yo‘llarda mobil radarlar borligini maxsus yo‘l belgilari bilan ko‘rsatish talabi bekor qilindi © IIB YHXB matbuot bo‘linmasi

O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llarida mobil radarlar mavjudligi haqida oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi. Hukumatning 2026-yil 30-oktabrda kuchga kirgan qarori bilan mobil radarlar borligi majburiy ogohlantirilishi haqidagi talab olib tashlandi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, 2025-yil 15-maydagi 318-son qarorning 9-bandida 2025-yil 1-sentabrdan boshlab tezlikni nazorat qiluvchi barcha statsionar va mobil radarlar joylashgan hududda, radar oldidan 250−500 metr masofada «Radar» belgisi o‘rnatilishi majburiy etib belgilangan edi.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik va xavfsizlik kamari qoidalaridagi o‘zgarishlar

Mazkur qaror bilan, shuningdek, 1-noyabrdan boshlab chorrahagacha 50 metr hamda qayrilib olish joylarigacha 20 metr masofada 1.1 (bir yaxlit) va 1.3 (ikkita yaxlit) yo‘l yotiq chiziqlarini bosib harakatlangan haydovchilarga yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilishi bekor qilindi.

Biroq, qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimlarini ajratib turuvchi 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o‘tish holatlari bundan mustasno. Bunday qoidabuzarliklar kuzatilganda, inspektorlar bayonnoma rasmiylashtirishga haqlidir.

Bundan tashqari, hukumat qaroriga asosan xususiy radarlar xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchilarning qoidabuzarligini ham qayd etishiga ruxsat berildi. Buning uchun xususiy radarlar tomonidan olingan fotosuratlar yuqori sifatli bo‘lishi, ularda haydovchining yuzi va xavfsizlik kamarini taqqan yoki taqmagani aniq aks etishi shart qilib belgilandi.

Теглар

Мавзуга оид

Yo‘llarda mobil radarlar borligini maxsus yo‘l belgilari bilan ko‘rsatish talabi bekor qilindi | Vaqt.uz