Logo

Zangiotadagi tergov hibsxonasida bir kishi uchun kuniga 120 ming so‘mdan ortiq pul sarflanadi

Бугун 09:232 дақиқа

Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i xalq orasida «Toshturma» deya nom qozongan tergov hibsxonasining yangi binosida saqlanayotganlarga nimalar berilishini aytdi.

Zangiotadagi tergov hibsxonasida bir kishi uchun kuniga 120 ming so‘mdan ortiq pul sarflanadi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Markaziy tergov hibsxonasida saqlanayotgan 3800 dan ortiq kishining har biriga kuniga 120 ming so‘mdan ortiq pul sarflanadi. Bu haqda departament boshlig‘i polkovnik Azizxon Umarxonov 30-iyul kuni Vaqt.uz jurnalistiga ma’lum qildi.

Uning aytishicha, saqlanayotganlar idish-tovoq, uch mahal issiq ovqat hamda yotish uchun to‘shak (matras) bilan ta’minlanadi. Ammo kiyim-kechak berilmaydi.

2

«Sifatli uch mahal issiq ovqati beriladi, lekin tergov izolyatorlarida kiyim-kechak berilmaydi. Ammo qolgan barcha ehtiyojlari to‘liq davlat tomonidan qoplanadi», — deydi u.

IIV vakili manzil koloniyalarda mahbuslar oziq-ovqati uchun ketgan pullarni o‘sha yerda ishlab qoplashi, biroq tergov hibsxonasida paytida yeb-ichish ham davlat tomonidan qoplanishini bildirdi.

3

«Davlat budjetidan, inson huquqlarini ta’minlash, minimal standartlar deymiz, kunlik bitta shaxsning oziq-ovqati va boshqa ehtiyojlari uchun davlat xarajati 120 ming so‘mdan oshiq», — deydi departament boshlig‘i.

Ma’lumot uchun, ilgari (1891-yildan boshlab) bu tergov hibsxonasi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan edi. Uni chor Rossiyasi davrida toshdan qurishgani uchun xalq uni «Toshturma» deb atab kelgan. 2018-yilning yanvar oyida Yunusoboddagi eski binoda sharoitlar talabga javob bermagani uchun u butunlay buzildi. Barcha mahbuslar va xodimlar Toshkent viloyati Zangiota tumanida yangi qurilgan zamonaviy binoga ko‘chirildi.

4


Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Toshturma»ning yangi binosi qurilishiga 103 milliard so‘mdan oshiq pul sarflanganini ma’lum qilgan edik. Shu bilan birga, u yerda necha kishi saqlanayotgani haqida yozgan edik.

Теглар

Мавзуга оид