Zoxid Alimov mikromoliya bankiga rahbar bo‘ldi

Zoxid Alimov Tayanch Mikromoliya Banki boshqaruv raisi etib saylandi,

Zoxid Alimov mikromoliya bankiga rahbar bo‘ldi © Foto: pinkod.uz

«TAYANCH MIKROMOLIYA BANKI» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida Zohid Alimov jamiyat boshqaruvi raisi etib saylandi. U Markaziy bank bilan kelishilgan sanadan boshlab rasman o‘z vazifasiga kirishadi.

Zoxid Alimov 1984 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 2005 yil Toshkent Moliya Institutini «Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. U o‘z mehnat faoliyatini 2002 yilda bank tizimida boshlab, turli yirik moliyaviy muassasalarda ishlagan.

Jumladan, u «SQB» va «Kapitalbank» tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Keyinchalik «Kapital Sug‘urta»da bosh direktor o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Shuningdek, 2020–2022 yillarda «Anorbank» boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2023 yilda u yangi tashkil etilgan «Hayot bank»ning ilk boshqaruvi raisi sifatida ish boshladi. 2024 yilda esa ushbu bank kuzatuv kengashi a’zosi sifatida ham faoliyat olib bordi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Alif» fintex kompaniyasi O‘zbekistonda mikromoliya banki ochish uchun Markaziy bankka ariza topshirgani haqida xabar berilgan edi.

Теглар

Мавзуга оид