Logo

Abbosbek Fayzullayev JCH-2026 birinchi turining eng tezkor futbolchisi bo‘ldi

Kecha 12:551 daqiqa

O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda soatiga 36 km tezlikka erishib, Jahon chempionati birinchi turidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Abbosbek Fayzullayev JCH-2026 birinchi turining eng tezkor futbolchisi bo‘ldi © UFA

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev 2026 yilgi Jahon chempionatining birinchi turida maydonga tushgan futbolchilar orasida eng yuqori tezlik ko‘rsatkichini qayd etdi.

SofaScore platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi Kolumbiyaga qarshi o‘yin davomida soatiga 36 kilometr tezlikka chiqqan. Bu esa birinchi tur bahslarida ishtirok etgan barcha futbolchilar orasidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

image_2026-06-21_10-11-56

Reytingda ikkinchi o‘rinni Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yosip Stanishich egalladi. Uning maksimal tezligi soatiga 35,9 kilometrni tashkil etgan. Kot-d’Ivuar vakili Vilfrid Singo esa 35,8 km/soat natija bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Fayzullayev chempionatning ilk turida yana bir necha tarixiy natijalarga erishdi. U O‘zbekiston milliy jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi birinchi goli muallifiga aylandi.

Shuningdek, Opta statistika platformasi ma’lumotiga ko‘ra, bo‘yi 167 santimetr bo‘lgan futbolchi XXI asrdagi jahon chempionatlarida bosh bilan gol urgan eng past bo‘yli o‘yinchi sifatida qayd etildi.

Bu boradagi avvalgi rekord Urugvay terma jamoasi futbolchisi Jorjian de Arraskayetaga tegishli edi. Bo‘yi 173 santimetr bo‘lgan futbolchi 2022 yilgi jahon chempionatida Gana darvozasiga bosh bilan gol urgandi.

Teglar

Mavzuga oid