add

Click yoki Payme: 9 oyda kim ko‘proq foyda oldi

Bugun 13:003742

O‘zbekistonning yetakchi to‘lov tizimlari — Click va Payme joriy yilning 9 oyi davomida jami 523 mlrd so‘mdan ortiq sof foyda qayd etdi. Har ikki kompaniyanng daromadi 2024 yilga nisbatan sezilarli darajada o‘sishgan.

Click yoki Payme:  9 oyda kim ko‘proq foyda oldi

Korporativ axborot yagona portali ma’lumotlariga ko‘ra, Click aksiyadorlik jamiyati 2025 yil yanvar–sentyaabr oylarida 235,7 mlrd so‘m sof foyda olgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davriga nisbatan 56,4 mlrd so‘m yoki 31,4 foizga ko‘pdir. Kompaniya daromadlari 549,1 mlrd so‘mni (+30,4%) tashkil etgan bo‘lsa, xarajatlar 284,4 mlrd so‘mga (+26,3%) yetgan.

Click shu davrda ustav kapitalini 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mgacha oshirgan. Kompaniya aktivlari 7,6 mlrd so‘mga o‘sib, 356,9 mlrd so‘mni tashkil etgan. Davr mobaynida jami 899 mln so‘m daromad solig‘i to‘lagan.

Shu bilan birga, Payme aksiyadorlik jamiyati ham 9 oy yakunlari bo‘yicha yuqori moliyaviy natijalarga erishdi. Kompaniya sof foydasi 287,3 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 53,7 foizga oshgan.

Payme'ning umumiy daromadlari 534,2 mlrd so‘m (+56,3%) bo‘lib, xarajatlar 159 mlrd so‘mga (+68%) yetgan. Kompaniya ustav kapitalini Click kabi 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mgacha oshirgan.

Jami aktivlar 939 mlrd so‘mga yetgan, bu ham 2024 yilga nisbatan salmoqli o‘sishdir. Yanvar–sentabr oylarida Payme 4,8 mlrd so‘m daromad solig‘i to‘lagan, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb to‘rt baravar ko‘pdir.

Moliyaviy natijalariga ko‘ra, har ikki kompaniya ham O‘zbekiston fintex bozorida yetakchi mavqeini mustahkamlamoqda. Ular raqamli to‘lovlar va onlayn xizmatlar sohasida faollikni kengaytirib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Humo va Uzcard to‘lov tizimlarining qancha sof foyda olganligi haqida ma’lumot bergan edik. Shuningdek, O‘zbekistonda Paytex bozorini nazorat qilayotgan besh kompaniya haqida ham ma’lumot bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Click yoki Payme: 9 oyda kim ko‘proq foyda oldi | Vaqt.uz