«Hatto Xitoy yetolmagan tezlik» — O‘zbekistonning 300 mlrd dollarlik marrasi qanchalik real?
2030 yilgacha YAIMni 300 milliard dollarga yetkazish: bu real iqtisodiy hisob-kitobmi yoki hatto Xitoy ham erisha olmagan haddan tashqari ambitsiyali marrami? So‘nggi uch yilda maqsadlar nega bunchalik tez o‘zgardi va bu raqamlar ortida aynan qanday omillar yotibdi? «Fikr vaqti»da iqtisodchi Bahrombek Umarbekov bilan O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi marrasi va uning real asoslarini tahlil qilamiz.
2030 yilgacha O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmini 300 mlrdga yetkazish maqsadi qo‘yildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan marosimda ma’lum qildi.
«Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolgan holda, 2030 yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmi 300 mlrd dollarga yetkaziladi», — dedi Mirziyoyev.
300 mlrd dollar — katta raqam va belgilangan marra atrofida paydo bo‘layotgan savollar-da ko‘p. Taqqoslash uchun: atigi 3 yil avval ham bu raqam 160 milliard edi. Keyin 200 bo‘ldi, o‘tgan yili 240 va mana endi — 300 milliard maqsad qilinmoqda.
Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida iqtisodchi Bahrombek Umarbekov bilan dunyoda hatto Xitoy erisha olmagan o‘sish tezligining O‘zbekiston misolida qanchalik imkonli ekani, uning asoslari nimalar bo‘lishi mumkinligi va vaqt yetsa mavzuga oid yana bir necha muhim savollarni birga tahlil qildik.
Teglar






