Logo

Ikkinchi mutaxassislik uchun arizalar qabuli boshlandi

Bugun 21:051 daqiqa

Qabul 10-avgustgacha onlayn davom etadi.

Ikkinchi mutaxassislik uchun arizalar qabuli boshlandi

Bugun, 10-iyuldan boshlab oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Ikkinchi oliy ta’lim faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Arizalar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinadi.

Ariza topshirish tartibi va talablar

Ariza topshirish uchun fuqarolik pasporti yoki ID-karta ma’lumotlari, bakalavr diplomi va uning ilovasining elektron nusxasi, shuningdek, o‘qish istalgan oliy ta’lim tashkiloti hamda ta’lim yo‘nalishini tanlash talab etiladi.

Shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan 1992 yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlar belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari har bir oliy ta’lim tashkiloti tomonidan uning ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib mustaqil belgilanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Ikkinchi mutaxassislik uchun arizalar qabuli boshlandi | Vaqt.uz