Ilon Mask sun’iy intellekt sabab AQSH aholisiga pul tarqatishni taklif qildi

Bugun 19:551 daqiqa

Milliarderning fikricha, robototexnika tovarlar hajmini oshirib yuborishi sababli, bu jarayon inflatsiyaga olib kelmaydi.

Ilon Mask sun’iy intellekt sabab AQSH aholisiga pul tarqatishni taklif qildi

Millarder, tadbirkor va «SpaceX» asoschisi Ilon Mask Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati sun’iy intellekt keltirib chiqargan ishsizlik tufayli aholiga pul to‘lashi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida yozib qoldirdi.

Ilon Maskning fikricha, sun’iy intellekt va robototexnika tovarlar hamda xizmatlarni pul massasi o‘sishidan ancha yuqori hajmda ishlab chiqaradi.

«Federal hukumat tomonidan beriladigan cheklar orqali umumiy yuqori daromad — sun’iy intellekt keltirib chiqargan ishsizlikka qarshi kurashishning eng yaxshi yo‘lidir. Sun’iy intellekt va robototexnika tovarlar hamda xizmatlarni pul massasi o‘sishidan ancha yuqori hajmda ishlab chiqaradi, shuning uchun inflatsiya bo‘lmaydi», — deb yozdi Mask.

«Goldman Sachs» hisobotiga ko‘ra, sun’iy intellekt rivojlanishi natijasida dunyo bo‘ylab 300 millionta ish o‘rni avtomatlashtirilishi yoki qisqarishi mumkin. Jamg‘arma ma’lumotiga ko‘ra, sun’iy intellekt dunyodagi ish o‘rinlarining deyarli 40 foiziga ta’sir ko‘rsatadi. Rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 60 foizgacha yetishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid