Islom sivilizatsiyasi markazi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Bugun 20:162 daqiqa

10 gektar maydonni egallagan va 65 metrlik muazzam gumbazga ega ushbu markaz «Dunyodagi eng yirik Islom sivilizatsiyasi muzeyi» sifatida tan olindi.

Islom sivilizatsiyasi markazi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Bugun, 13-aprel kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi «Dunyodagi eng yirik Islom sivilizatsiyasi muzeyi» sifatida rasman e’tirof etilib, Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.

Markaz Toshkentning mashhur Hazrati Imom majmuasi hududidagi 10 gektar maydonda barpo etilgan. Bino uch qavatdan iborat bo‘lib, uzunligi 161 metr, eni 118 metrni tashkil etadi. Gumbazining balandligi 65 metr, umumiy foydalanish hududi esa 42 ming kvadrat metrdan ziyod. Bu kabi noyob ko‘rsatkichlar uni «Ginnessning rekordlar kitobi»ga kiritish uchun ham asos bo‘lgan.

Tantanali taqdirlash marosimi «Guinness World Records» rasmiy vakili va hakami — Sheyda Subashi ishtirok etib, Markaz barcha xalqaro standartlarga to‘liq javob berishini tasdiqladi.

Tadbirda, shuningdek, loyihani amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shgan me’morlar, olimlar, dizaynerlar va quruvchilar ishtirok etdi. Mukofot Markaz Ilmiy kengashi a’zolariga topshirildi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida

Ma’lumot uchun, markaz binosi Prezident Shavkat Mirziyoyevning me’moriy g‘oya va takliflari asosida loyihalashtirilgan. U 2026-yil 17-mart kuni ochilgan edi.

Markaz qadimiy va milliy me’morchilik an’analari asosida qurilgan bo‘lib, unga to‘rt tomondan – to‘rt asosiy portal orqali kirish mumkin. Ushbu portallar va binoning tashqi ravoqlari ilm-ma’rifat, bag‘rikenglik, insoniylik va ota-onaga hurmat mazmunidagi Qur’on oyatlari hamda hadislar bilan bezatilgan. Quyi qavatda bolalar uchun maxsus platforma, restavratsiya hamda elektron nusxa olish laboratoriyasi, muzey eksponatlari va nodir qo‘lyozmalarni saqlash fondlari, zamonaviy kafeteriy va muzey vestibyullari joylashgan.

Birinchi qavatdan qariyb 8 ming 350 kvadrat metrlik ko‘rgazma zaliga ega muzey va 550 o‘rinli anjumanlar zali o‘rin olgan. Ikkinchi qavatda esa qo‘lyozma va toshbosma manbalar, bosma va elektron adabiyotlar fondiga ega kutubxona, o‘quv zallari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar uchun sharoit yaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid