add

«Kelajak» markazlaridagi ta’lim narxi qancha bo‘ladi?

Bugun 11:55662 daqiqa

2026 yildan «Kelajak» markazlarida ta’lim uchun ota-ona badali hududlar kesimida tasdiqlandi. Sentyabrda narxlar ikki barobar oshiriladi.

«Kelajak» markazlaridagi ta’lim narxi qancha bo‘ladi?

Vazirlar Mahkamasining 10-dekabrda qabul qilingan 776-sonli qarori bilan «Kelajak» markazlarida ta’lim uchun ota-onalardan undiriladigan badalning miqdori va uni to‘lash tartibi belgilandi. Hujjatga ko‘ra, to‘lov stavkalari 2026 yilning 1-yanvaridan va 1-sentabridan amal qiladigan ikki bosqichda joriy etiladi.

Qarorga muvofiq, 2026 yil 1-yanvardan boshlab baza hisoblash miqdoriga nisbatan:

Toshkent shahrida oylik to‘lov BHMning 30 foizini;

Viloyatlar markazlarida BHMning 25 foizini tashkil etadi.

Barcha tuman/shaharlarda hamda Nukus va Urganchda ushbu to‘lov 15 foiz etib belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining boshqa tuman/shaharlarida esa badal miqdori 10 foiz qilib belgiladi.

Ikkinchi bosqich 2026 yil 1-sentabrdan amalga kiritiladi. Unga ko‘ra,

Toshkent shahrida to‘lov 60 foizga,

viloyatlar markazlarida 50 foizga huquqiy jihatdan oshiriladi

Tuman va shaharlarda hamda Nukus va Urganchda miqdor 30 foizni,

Qoraqalpog‘iston va Xorazmning boshqa tuman/shaharlarida 20 foizni tashkil etadi.

To‘lovlar har oyning 10 sanasiga qadar amalga oshirilishi shart etib belgilangan. Faqat sentabr oyi uchun istisno qilib, to‘lov 30 sanasigacha qabul qilinadi. Qaror bilan tasdiqlangan nizom bu tartib barcha markazlarda bir xil qo‘llanilishini belgilaydi.

Ayrim toifalar ota-ona badalini to‘lashdan ozod etiladi. Jumladan, «Kambag‘al oilalar reyestri»dagi oilalar farzandlari uchun umumiy o‘quvchilar sonining 15 foizi darajasida imtiyoz beriladi. Shuningdek, alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalar o‘quvchilari, inklyuziv sinflarda ta’lim oluvchi bolalar, shu bilan birga yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum yetilgan bolalar to‘lovdan ozod qilinadi.

Ushbu qaror «Kelajak» markazlarida ta’lim xizmatlarini moliyalashtirishni barqaror holga keltirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ma’lumot uchun «Kelajak» markazlarida Prezident va Ijod maktablariga tayyorlov, ilm-fan, inklyuziv (aktyorlik mahorati, mediasavodxonlik, zamonaviy dizayn), xorijiy tillar va shaxmat to‘garaklari faoliyati amalga oshiriladi.

Teglar

Mavzuga oid