Logo

Tilla va valutalarni bolalardan foydalanib noqonuniy olib chiqishga uringanlar ushlandi

Bugun 14:451 daqiqa

Ulardan biri go‘dak bolasining tagligiga 2 dona oltin quymani, yana biri esa 14 yoshli qizining kiyimlariga 40 ming dollarni yashirgani fosh bo‘ldi.

Tilla va valutalarni bolalardan foydalanib noqonuniy olib chiqishga uringanlar ushlandi © Bojxona qo’mitasi Raisining matbuot kotibi

Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasining «Navoiy» chegara bojxona posti orqali O‘zbekistondan chiqib ketayotgan ayollardan biri go‘dak farzandining tagligi orasiga salkam 200 gramm og‘irlikdagi 2 dona oltin quymani yashirgancha olib chiqishga uringani fosh bo‘ldi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayolning yonidan ham bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan 70 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlangan. Mamlakatdan yashirincha olib chiqishda to‘xtatilgan tillalarning jami qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 450 million so‘mni tashkil qilgan.

Yana bir holatda respublikadan chiqib ketayotgan qo‘shni davlat fuqarosi o‘zining 14 yoshli qizidan foydalanib, uning egnidagi kiyimlari ostida 40 ming dollarni yashirib olib chiqmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Ma’lumot uchun, jismoniy shaxslar tomonidan 100 million so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valuta mablag‘larini O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqishga ruxsat etiladi. Mazkur me’yor norezident shaxslarga ham birdek taalluqlidir.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona surishtiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oltin narxi o‘sishi O‘zbekiston budjetga 70 trillion so‘mdan ortiq qo‘shimcha daromad keltirishi haqida yozgan edik.

Teglar

Mavzuga oid