Manba: Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov lavozimidan ozod etildi
Bugun 19:311 daqiqa
U mazkur lavozimda 2022-yildan buyon faoliyat yuritayotgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Vaqt.uz'ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi ma’lum qildi.
Mirzamahmudov mazkur lavozimga 2022-yil 29-sentabr kuni tayinlangandi. Bunga qadar esa — 2020-yildan 2022 yilgacha «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
U 1979 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2001-yilda AQSHning Alabama universitetini, 2005-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.




