add

«Markaziy Osiyoning o‘z gaz resurslari bor, biroq...»: Rossiya MO mamlakatlariga gaz sotishni 20 foizga oshirdi

Bugun 09:351 daqiqa

«Gazprom» ushbu mamlakatlarga yetkazib beriladigan gaz hajmini yanada oshirib boradi.

«Markaziy Osiyoning o‘z gaz resurslari bor, biroq...»:  Rossiya MO mamlakatlariga gaz sotishni 20 foizga oshirdi

2025 yilda Rossiya gazining Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga eksport hajmi 20 foizga oshdi. ​Bu haqda «Gazprom» rahbari Aleksey Millerga tayanib «Tass» xabar berdi.

​«Sharqiy iqtisodiy forum doirasida biz 2025–2026 yillarda Qozog‘istonga gaz yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladik. Shuningdek, 2025 yilda O‘zbekiston va Qirg‘izistonga eksportimiz ham o‘sdi. Joriy yil yakunlariga ko‘ra, ushbu uch mamlakatga Rossiya gazi yetkazib berish ko‘rsatkichi 20 foizga ortgan. Bu juda jiddiy raqamlar», — dedi Miller.

​Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya ushbu mamlakatlarga yetkazib berilayotgan gaz hajmini oshirishda davom etadi.

«Kun tartibimizda ushbu yo‘nalishdagi ta’minotni yanada kengaytirish masalasi turibdi. Xususan, qozog‘istonlik do‘stlarimiz bilan gaz uzatish quvvatlarini barpo etish va Qozog‘istonning shimoli-sharqiy hududlariga gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz. Markaziy Osiyoda gazga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini inobatga olib, biz uzoq muddatli hamkorlikni maqsad qilganmiz», — dedi «Gazprom» rahbari.

​Aleksey Miller Markaziy Osiyoning o‘z gaz resurslari mavjudligini, biroq mintaqadagi iqtisodiy rivojlanish sur’atlari yuqoriligi sababli yoqilg‘iga bo‘lgan talab tobora ortayotganini qayd etdi.

«Biz o‘rta muddatli istiqbolda Rossiya gazi uchun talab yuqori bo‘lishini yaxshi tushunib turibmiz. Hozirgi vaqtda biz nafaqat tayyorgarlik ko‘ryapmiz, balki yuqorida aytganimdek, yetkazib berish hajmini ancha yuqori sur’atlarda oshirishni boshlab yuborganmiz», — deya ta’kidladi u.

Teglar

Mavzuga oid