Logo

Marko Rubio nega aynan Samarqandga kelayotganini aytdi

Bugun 17:372 daqiqa

U bilan birga O‘zbekistonga AQSHning 200 nafardan ortiq yirik kompaniya rahbarlaridan iborat ishbilarmonlar delegatsiyasi ham keladi.

Marko Rubio nega aynan Samarqandga kelayotganini aytdi © AP Photo/ Evan Vucci

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 17-oktabr kuni dunyoda turli inqirozlar davom etayotgan bir paytda nima uchun Markaziy Osiyoga tashrif buyurayotganini tushuntirdi.

O‘zbekistonga safari oldidan jurnalistlar bilan suhbatda u tashrif sanasi mintaqadagi davlat rahbarlarining ish jadvali va beshta davlat tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvini bir vaqtda tashkil etish imkoniyatini hisobga olgan holda belgilanganini aytdi.

Rubioning so‘zlariga ko‘ra, AQSH nafaqat O‘zbekiston, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston vaTurkmaniston bilan ham aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor.

U xalqaro inqirozlar va boshqa shoshilinchmasalalar muhim tashriflarni ortga surib qo‘yishi mumkinligini, ammo bu davlatlar bilan hamkorliknirivojlantirish ham muhim ekanini ta’kidladi.

Davlat kotibi diplomatlar ko‘pincha inqiroz yuzaga kelgan yoki muammolar paydo bo‘lgan hududlarga, shuningdek,xalqaro anjumanlar o‘tkaziladigan mamlakatlarga borishga majbur bo‘lishini aytdi.

Biroq uning fikricha, AQSH uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan davlatlarga tashrif buyurishuchun ham vaqt topishi kerak. Rubio bunga misol qilib, yaqinda Gretsiya va Lotin Amerikasi davlatlariga qilgan safarlarini keltirdi. Endiesa Markaziy Osiyoga tashrif buyurish navbati kelganini aytdi.

Tanlangan sanalar mintaqadagi beshta davlat tashqi ishlar vazirlarini bir joyga to‘plash imkonini bergan.

AQSH Davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Rubio 17–22-oktabr kunlari Samarqand, shuningdek,Hindistonning Mumbay va Jamnagar shaharlariga tashrif buyuradi.
Samarqandda AQSH Davlat kotibi C5+1 formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida qatnashadi.

Shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning yuqori martabali vakillari bilan alohida muzokaralar o‘tkazadi.

Rubio bilan birga Samarqandga AQSHning 200 nafardan ortiq yirik kompaniya rahbarlaridan iboratishbilarmonlar delegatsiyasi ham keladi. AQSH Davlat departamenti bu tashrifni tarixiy deb atadi va u AQSH bilan Markaziy Osiyo o‘rtasidagi savdo hamkorligida yangi bosqichni boshlab berishini ta’kidladi.

C5+1 formati 2015-yilda tashkil etilgan. Ushbu format doirasidagi tashqi ishlar vazirlarining ilk uchrashuvi Samarqandda bo‘lib o‘tgan.

Teglar

Mavzuga oid