«Milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolanadi» — Marko Rubio
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va AQSH davlat kotibi Marko Rubio Registon maydonida jurnalistlar oldiga birga chiqdi. U o‘z so‘zini O‘zbekiston tomoniga samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirishdan boshladi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va AQSH davlat kotibi Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydonida jurnalistlar bilan uchrashdi.
Rubio so‘zining avvalida O‘zbekiston tomoniga samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. U Samarqand asrlar davomida jahon savdosining muhim chorrahalaridan biri bo‘lib kelganini ta’kidladi.
AQSH davlat kotibi Samarqand asrlar davomida jahon savdosining muhim chorrahasi bo‘lib kelganini ta’kidlab, bugun bu yerga qariyb 300 ta Amerika kompaniyasi vakillari kelganini bildirdi.
Ruboning so‘zlariga ko‘ra, tashrif yakunlari bo‘yicha milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Rubio AQSH O‘zbekiston va mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.





