add

Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

Toshkentdagi uchrashuvda ikki davlat rahbarlari savdo, sanoat kooperatsiyasi va oliy darajadagi bo‘lajak tashriflar bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni kelishib oldi.

Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

Mirziyoyev 15-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Ilhom Aliyev O‘zbekiston yetakchisiga Maslahat uchrashuvida ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari, o‘z navbatida, qardosh Ozarbayjon Prezidenti va xalqini joriy yil 8-oktabr kuni nishonlangan G‘alabaning besh yilligi bilan samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidentining shu yil iyul oyida Ozarbayjonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Barcha darajalarda samarali almashinuvlar davom etmoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, energetika, turizm va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar faol pallaga kirgan.

Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Toshkentda sanoat, bank, logistika va turizm sohalarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan yirik qo‘shma loyihalarni ishga tushirganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashdi | Vaqt.uz