NASA Mars yuzasining yangi suratlarini e’lon qildi
Ular Marsdagi Vale-Grande hududida olingan.

Amerika aerokosmik agentligi (NASA) Mars yuzasining navbatdagi noyob suratlarini ommaga taqdim etdi.
«Curiosity» marsoxodi tomonidan Vale-Grande hududida olingan kadrlarda butun vodiy bo‘ylab cho‘zilgan va asalari uyasini eslatuvchi chuqurlarni ko‘rish mumkin.


Mutaxassislarning taxminicha, bunday shakllar haroratning keskin o‘zgarishi yoki tuproqning qurishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi ehtimolga yaqin. Biroq mazkur tabiat hodisasining aniq sababi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2012 yilda Qizil sayyoraga qo‘ngan mazkur qurilma shu kunga qadar 37 kilometr masofani bosib o‘tgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u yana kamida 10 yil davomida ilm-fanga xizmat qiladi.





