add

Oltin narxi yana qimmatlamoqda

Bugun 15:552361 daqiqa

Noyabr oyida kuzatilgan qisqa muddatli pasayishdan keyin jahon bozorlarida oltin yana qimmatlasha boshladi.

Oltin narxi yana qimmatlamoqda

Bugun xalqaro bozorda oltinning bir unsiyasi qariyb 4 350 dollarga yetdi. Yil boshidan buyon oltin narxi 60 foizdan ortiq o‘sib, investorlar e’tiboridagi eng faol aktivlardan biriga aylandi. Agar o‘sish sur’ati shu tarzda saqlanib qolsa, yaqin oylarda oltin yangi tarixiy rekord o‘rnatishi mumkin.

Jahon bozoridagi ushbu tendensiya O‘zbekiston ichki bozorida ham yaqqol aks etmoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, oltin quymalarining narxi so‘nggi haftalarda sezilarli oshib, 21-oktabrdan beri eng yuqori ko‘rsatkichlarga chiqdi.

Xususan, hozirda

5 grammli oltin quymasi 8 million 616 ming so‘m;

10 grammli oltin quymasi 17 million 233 ming so‘m;

20 grammli oltin quymasi 34 million 466 ming so‘m;

50 grammli oltin quymasi 86 million 164 ming so‘m;

100 grammli oltin quymasining qiymati 172 million 328 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

Oltin narxining o‘sishiga global iqtisodiy noaniqlik, inflatsiya xavflari va investorlarning xavfsiz aktivlarga bo‘lgan talabi asosiy omil bo‘lmoqda.

Jahon bozorlarida oltin va kumush narxlari markaziy banklar talabi va AQSHda pul-kredit siyosati yumshashi fonida 36 yillik rekordlarga yaqinlashmoqda.

Teglar

Mavzuga oid