
Ozarboyjon Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining to‘la huquqli a’zosi bo‘ladi
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonni Maslahat uchrashuvlari formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risida ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari tomonidan prinsipial qaror qabul qilinayotganini e’lon qildi.
© Фото: Prezident matbuot kotibi Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi o‘z ishini boshladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nutq so‘zlar ekan, Ozarboyjon Respublikasini Maslahat uchrashuvlari formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risida ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari tomonidan prinsipial qaror qabul qilinayotganini e’lon qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu strategik qadam umumiy tarix, qardoshlik rishtalari, ma’naviy va madaniy yaqinlik bilan uzviy bog‘langan xalqlarimiz manfaatlariga to‘liq javob beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar





