add

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlarga eksport qilmoqda?

Bugun 13:553411 daqiqa

2025 yilning 11 oyi davomida O‘zbekiston eksportidagi asosiy ulush Rossiya va Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlarga eksport qilmoqda?

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 30,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,2 foizga yuqori, deya xabar qilmoqda Milliy statistika qo‘mitasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hisobot davrida O‘zbekiston mahsulotlari eng ko‘p Rossiya bozoriga yo‘naltirilgan. Rossiyaga eksport hajmi 4 mlrd dollarga yetgan bo‘lib, u mamlakat O‘zbekiston eksport portfelida yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda Xitoy joylashib, ushbu davlatga 1,9 mlrd dollarlik mahsulot yetkazib berilgan.

Markaziy Osiyo va qo‘shni bozorlar ham eksportda muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Xususan, Afg‘oniston va Qozog‘istonga eksport hajmi har biri bo‘yicha 1,3 mlrd dollardan to‘g‘ri kelgan.

Turkiya O‘zbekiston eksportchilari uchun yirik bozorlardan biri bo‘lib, unga 1 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilingan. Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida esa Fransiya e’tiborga molik bo‘lib, ushbu mamlakatga eksport hajmi 775,8 mln dollarga yetgan.

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklariga 642,7 mln dollar, Qirg‘iz Respublikasiga 560,4 mln dollar, Tojikistonga 531,8 mln dollarlik mahsulot yetkazib berilgan. Pokiston esa TOP-10 davlatlar ro‘yxatini yakunlab, unga eksport hajmi 321,8 mln dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72,8 mlrd AQSH dollariga yetib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 13 mlrd 18,4 mln dollarga ko‘paydi.

Teglar

Mavzuga oid