add

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan yarim mlrd dollar kredit jalb qildi

15.10.2025 | 18:0039933

Mablag‘ O‘zbekistonda institutsional islohotlar, inklyuziv o‘sish va global integratsiya jarayonini jadallashtirishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan yarim mlrd dollar kredit jalb qildi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 500 million dollarlik siyosatga asoslangan kredit ajratishni ma’qullaganini ma’lum qildi. Dastur doirasida: davlat-xususiy sheriklikka oid davlat investitsiyalarini tartibga soluvchi yagona qoidalarni qabul qilish; raqobat va investitsiyalarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qonunchilikni qabul qilish; kengash tuzilmalarini takomillashtirish, gender vakilligi maqsadlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini majburiy qabul qilish orqali davlat korxonalarini boshqarishni modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, dastur O‘zbekistonning soliq bazasini kengaytiradi va xalqaro soliq hamkorligini mustahkamlaydi, shu bilan birga manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish va audit tizimlarini modernizatsiya qilish orqali korrupsiyaga qarshi kurashni ilgari suradi. Loyiha doirasida mamlakatning JSTga kirishini qo‘llab-quvvatlash uchun milliy qonunchilikni jahon savdo va investitsiya me’yorlariga moslashtiriladi. Bundan tashqari, dasturda aholini ijtimoiy himoyalash tizimini mustahkamlash, iqtisodiyotni qayta qurishning aholining nochor qatlamlariga ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari ham ko‘zda tutilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 1995 yilda OTBga a’zo bo‘lganidan beri bank mamlakatga davlat sektori kreditlari, grantlaridan iborat umumiy qiymati 14,6 mlrd dollar bo‘lgan texnik yordam ko‘rsatdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekistonning tashqi qarzi 72,2 mlrd dollarga yetgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid