Logo

O‘zbekiston TIV Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Ukraina bu yil mustaqilligining 35 yilligi nishonlanmoqda.

O‘zbekiston TIV Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukrainani 24-avgust — Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Vazirlikning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida Ukraina xalqiga qaratilgan qisqa tabrik e’lon qilindi.

1

«Ukrainadagi barcha do‘stlarimizni Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklaymiz!» — deyiladi vazirlik xabarida.

Ukraina 24-avgust kuni mustaqilligining 35 yilligini nishonlamoqda. Mamlakat 1991 yilda Sovet Ittifoqi tarkibidan ajralib chiqqan.

O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yilda o‘rnatilgan. Shundan buyon ikki davlat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda hamkorlik rivojlanib kelmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston TIV Ukrainani Mustaqillik kuni bilan tabrikladi | Vaqt.uz