add

O‘zbekistonda 2026-yilda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshadi

Kecha 19:434432 Daqiqa

«Issiqlikta’minoti» AJ rahbarining aytishicha, tariflarning oshirilishi tabiiy gaz, elektr va suv narxlaridagi ko‘tarilishlar bilan bog‘liq.

O‘zbekistonda 2026-yilda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshadi

O‘zbekistonda 2026 yilda issiq suv va issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflar oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda «Issiqlikta’minoti» AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi e’lon qilgan videoda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, tariflarning oshirilishiga asosiy sabab — xizmatni ishlab chiqarishda foydalaniladigan tabiiy gaz, elektr energiyasi va suv narxlarining o‘sishidir.

Ilhom To‘rayevning ta’kidlashicha, resurslar narxining o‘zgarishi kompaniyani o‘z xizmatlari uchun belgilangan tariflarni qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Biroq bu jarayon aholi uchun og‘irlik kam tushadigan tarzda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Hozircha qaysi miqdorda oshirish kutilayotgani bo‘yicha aniq raqamlar berilmagan.

«bugungi kunda, bir Gkal (gigakaloriya) issiq suv ishlab chiqarish tannarxi hududlar kesimida o‘rtacha 500 ming so‘m bo‘lsa, uning 75-80 foizi davlat tomonidan subsidiya sifatida qaytariladi. Bu insonlar qiynalmasligi uchun davlat tarafidan berilgan bir yengillik — subsidiya. Qachongacha subsidiyada qolamiz, qachon tannarxga chiqamiz, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Men aniq aytaman: bizda ishlab chiqarish tannarxini tushirgan holda subsidiyadan chiqib ketish belgilangan. To‘g‘ri, aholiniki ham oshadi, qanchadir miqdorda aholiga ham yuk tushadi. Lekin birinchi navbatda bizning korxonalarning oldida qo‘yilgan vazifa — bu ishlab chiqarish tannarxini tushirish», degan Ilhom To‘rayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shu yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan berilishi haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 2026-yilda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshadi | Vaqt.uz