add

O‘zbekistonda uy sotib olish uchun necha yil pul yig‘ish kerak?

Markaziy Osiyo davlatlari orasida uy sotib olish uchun eng uzoq muddat pul jamg‘arishga to‘g‘ri keladigan mamlakat — O‘zbekiston.

O‘zbekistonda uy sotib olish uchun necha yil pul yig‘ish kerak?

Geostatistika portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi uchun uy sotib olishga zarur mablag‘ni 16 yil 9 oyda to‘playdi. Bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyodagi eng uzoq muddat sifatida qayd etilgan.

Hisob-kitoblarga asosan, mamlakatda o‘rtacha 482 dollar maosh oladigan fuqaro 96,8 ming dollarlik kvartira xarid qilish uchun qariyb o‘n yetti yilga yaqin vaqt davomida uzluksiz jamg‘arishga majbur bo‘ladi. Bu bilan O‘zbekiston Qozog‘istondan ikki baravar orqada: qo‘shni mamlakatda aholi 7 yil 8 oyda kvartira sotib ololadi.

Shuningdek, Qirg‘izistonda uy uchun jamg‘arish muddati 13 yil 6 oyni, Tojikistonda esa 15 yil 9 oyni tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi bunday keskin farq asosan ish haqi darajasi va bir kvadrat metr uy-joy narxi o‘rtasidagi nomutanosiblik bilan bog‘liq.

Tadqiqot mualliflari tomonidan hisob-kitob usuli, kvartira maydoni haqida to‘liq ma’lumot berilmagan.

O‘zbekistonda uy-joy talabining yuqoriligi, qurilish bozoridagi narxlar o‘sishi va aholining xarid qobiliyati o‘rtasidagi nomutanosiblik uzoq muddatli jamg‘arishni talab qilayotgan asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq Toshkent uy-joy bozorida 2026 yil narxlari haqida batafsil ma’lumot bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid