
O‘zbekistonga qaysi davlatlardan ko‘proq sayohatchilar kelgani ma’lum bo‘ldi
2025 yilning to‘qqiz oyi mobaynida O‘zbekistonga sayohat maqsadida kelgan chet elliklar soni o‘tgan yilga nisbatan yarim millionga oshdi.

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida sayohat maqsadida O‘zbekistonga 1,4 million nafar chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 506 ming nafarga ko‘paygan.
Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonga eng ko‘p sayohatchilar Rossiya, Turkmaniston va Qozog‘iston davlatlaridan kelgan. O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni mamlakatlar kesimida quyidagicha:
Rossiya — 269 158 nafar;
Turkmaniston — 193 635 nafar;
Qozog‘iston — 143 898 nafar;
Xitoy — 117 864 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 114 005 nafar;
Tojikiston — 84 696 nafar;
Turkiya — 50 976 nafar;
Italiya — 32 635 nafar;
Hindiston — 32 254 nafar;
Germaniya — 29 632 nafar;
Koreya — 26 832 nafar;
AQSH — 23 630 nafar.
Bundan tashqari, turli boshqa mamlakatlardan jami 255 855 nafar sayyoh kelgani qayd etildi. Turizm sohasidagi barqaror o‘sish ichki xizmatlar bozorining kengayishi, mehmonxonalar bandligi va mahalliy iqtisodiyotga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlashda ahamiyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda 11 nafar AQSH fuqarosi O‘zbekistonga davolanish uchun kelgani haqida xabar berilgandi.





