add

O‘zbekistonning 6 ta hududida chiqindini qayta ishlash orqali elektr olinadi

Bugun 18:201 daqiqa

6 ta viloyatda chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr va issiqlik energiyasi olish loyihalari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonning 6 ta hududida chiqindini qayta ishlash orqali elektr olinadi

O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilish va energiya olishga qaratilgan loyihalar faollashdi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavodlar barpo etilmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarida tibbiyot chiqindilarini yoqish hisobiga issiqlik energiyasi olish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda 42 ta maishiy chiqindi poligoni faoliyati tugatilib, 90 gektarga yaqin yer maydoni tabiatga qaytarilganidi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston chiqindilarni boshqarish bo‘yicha Finlandiya bilan memorandum imzolangandi. Unda O‘zbekiston hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning qiymatini oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish hamda joriy etish sohasini rivojlantirishga kelishib olingan.

Teglar

Mavzuga oid