Prokuratura xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

02.03.2026 | 13:491 daqiqa

Toshkent viloyati prokuraturasi xodimi 9 ming dollar olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Prokuratura xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha aniqlangan 276 mln so‘mlik jarimani bekor qildirishni va’da qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mansabdor shaxs jarimani vakolatli tanishlari orqali bartaraf etib berish va tadbirkorga nisbatan chora ko‘rilmasligini ta’minlash evaziga 9 ming AQSH dollari talab qilgan. U pul mablag‘ini Namangan shahrida olib kelishni so‘ragan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs Namangan viloyatida 9 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi «v» bandi hamda 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Uchtepa tumanida prokuror yordamchisi tadbirkordan ijaraga yer olib berish evaziga 15 ming dollar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan edi.

Teglar

Mavzuga oid