Logo

Qashqadaryoda Kadastr agentligi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Bugun 09:461 daqiqa

Agentlikning tumanlardan biridagi bo‘limi boshlig‘i mahalliy fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix sug‘oriladigan yer maydonini boshqa shaxs nomiga kadastr hujjatlarini tayyorlab, sotib olib berishni va’da qilgan.

Qashqadaryoda Kadastr agentligi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi © DXX matbuot xizmati

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida gaz ta’minoti va kadastr tizimidagi korrupsion holatlarni aniqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi bo‘limi boshlig‘i mahalliy fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix sug‘oriladigan yer maydonini boshqa shaxs nomiga kadastr hujjatlarini tayyorlab, sotib olib berish evaziga muqaddam 11600 AQSH dollari olgan. 

Ammo, mazkur mansabdor shaxs bergan va’dasini bajarmay, olgan pul mablag‘i hisobidan 49,7 mln so‘mni qaytarib bergan vaqtida uning noqonuniy harakati fosh etildi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u 11600 AQSH dollari hisobidan qolgan 89,5 mln so‘mni ham jabrlanuvchiga qaytarib bergan.

Samarqand viloyatidagi holatda esa “Urguttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining mansabdor xodimi va tashkilotda avval ishlagan shaxs o‘zaro til biriktirib, mahalliy MCHJga qarashli ishlab chiqarish sexiga yangi tabiiy gaz taqsimlash uskunasi o‘rnatish bo‘yicha loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish va texnik shart ruxsatnomasini olib berishni aytib, evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilishgan. 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suv xo‘jaligidagi korrupsiya davlatga 70 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgani haqida xabar бyerган edik.

Teglar

Mavzuga oid

Qashqadaryoda Kadastr agentligi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi | Vaqt.uz