Logo

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Qamchibek Tashiyevni «shoqol» deb atadi

Bugun 09:101 daqiqa

Ayni kunlarda Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyevga oid sud jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur ish doirasida sobiq bosh prokuror Qurmanqul Zulushev, Jo‘qorg‘u Keneshning sobiq spikeri Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li hamda yana bir qator sobiq amaldorlar ayblanuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Qamchibek Tashiyevni «shoqol» deb atadi © Foto: ru.sputnik.kg

Ayni kunlarda Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyevga oid sud jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu ish ommaviy axborot vositalarida «75 lar xati» nomini oldi.
 
Jogorku Kenesh spikeri Marlen Mamataliev sud jarayoni haqida gapirar ekan Qamchibek Tashiyevni shoqolga, uning tarafdorlarini esa shoqol bolalariga qiyosladi.
 
«Shoqol va uning bolalari o‘z o‘yinlarini o‘ynamoqchi bo‘lishdi, lekin ular hech qachon sherni mag‘lub eta olmasligini unutishdi. Chunki, sherning ortida 7 million odam bor», - dedi Marlen Mamataliev.
 
Spikerning ta’kidlashicha, maktub tashabbuskorlari o‘zlariga qo‘yilgan ayblovlarni rad etmoqda. Uning fikricha, ular o‘z harakatlari va niyatlarini tan olganlari ma’qul bo‘lardi. Marlen Mamataliyev mazkur masalaga yakuniy huquqiy bahoni sud berishi kerakligini qayd etgan.
 
Mazkur ish doirasida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev, sobiq bosh prokuror Qurmanqul Zulushev, Jo‘qorg‘u Keneshning sobiq spikeri Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li hamda yana bir qator sobiq amaldorlar ayblanuvchi sifatida ishtirok etmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Qamchibek Tashiyev «Hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash yoki ushlab turish, shuningdek, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga qaratilgan harakatlar» hamda «Mansab vakolatini suiiste’mol qilish» moddalari bilan ayblanayotgan edi.

Teglar

Mavzuga oid