TDT atrofidagi bahslar, Rossiyaning zaiflashishi va Eron urani: global maydonda nimalar bo‘lyapti?

Turkiy davlat tashkiloti harbiy ittifoqqa aylana oladimi? Rossiya Ukrainada egallab olgan yerlarni yo‘qota boshladi, bu vaziyatda urush yakuni Putin aytgani kabi chindan yaqinmi?  AQSH Eron muzokaralarida kutilmagan burilish – Eron boyitilgan uranini Rossiyaga bermoqchi. Bu – mamlakat uchun mag‘lubiyatni bildiradimi?

Turkistonda o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti tashkilotning kelajagi haqidagi muhokamalarni yanada kuchaytirdi. Chunki keyingi yillarda TDT faqat til, tarix va madaniy yaqinlik platformasi bo‘lib qolmay, iqtisodiyot, transport, raqamli texnologiyalar va xavfsizlik kabi sohalarda ham faollashmoqda. Bu esa ayrim kuzatuvchilarda tashkilot kelajakda geosiyosiy ta’sirga ega yirik tuzilmaga aylanishi mumkinligi haqidagi qarashlarni kuchaytiryapti. Ayni paytda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning TDT harbiy yoki geosiyosiy blok emasligi haqidagi bayonoti ham bejiz aytilmagani haqida fikrlar bor.
 
Shu bilan bir vaqtda Rossiya–Ukraina urushi va Yaqin Sharqdagi taranglik ham dunyo siyosatining asosiy mavzularidan bo‘lib qolmoqda. Moskva frontda bosimga uchrayotgani haqidagi xabarlar, Putinning urush yaqinida tugashi haqidagi bayonotlari va AQSHning Eronga ehtimoliy zarbalari atrofidagi muhokamalar xalqaro vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda.
 
Dasturimizning navbatdagi dunyo sahnidagi ana shu dolzarb jarayonlar tahliliga bag‘ishlandi. Mehmonlarimiz — siyosatshunoslar Shuhrat Rasul va Muxtor Nazirov.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 85

Barchasi

Mavzuga oid