add

Tibbiyot sohasidagi tadbirkorlarga 3 yil imtiyozli davr bilan 17 foizli kreditlar ajratiladi

Bugun 19:301191

Shavkat Mirziyoyev kelgusida ham tibbiyotda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va ularga qo‘shimcha sharoitlar yaratish davom etishini ta’kidladi.

Tibbiyot sohasidagi tadbirkorlarga 3 yil imtiyozli davr bilan 17 foizli kreditlar ajratiladi

Prezident kelgusi yildan tibbiy uskuna, jihoz va tez yordam mashinalarini olib kirish bo‘yicha imtiyoz 3 yilga uzaytirilishini aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismini qaytarish bo‘yicha berilgan imtiyoz endilikda xususiy tibbiyot tashkilotlariga ham qo‘llanadi.

Shuningdek, zamonaviy ko‘p tarmoqli klinikalarni tashkil qilish va ularni jihozlash uchun tadbirkorlarga 200 million dollarlik imtiyozli resurs ajratiladi. Bu mablag‘lar kelgusi yildan boshlab tadbirkorlarga 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan 17 foiz stavkada beriladi.

Prezident xususiy tibbiyot klinikalarida ko‘rsatilayotgan xizmat narxlari respublika markazlaridan arzon ekanini ko‘rsatib o‘tdi.

Mutasaddilarga respublika markazlaridagi xizmat narxlarini adolatliligini ko‘rib chiqish, xususiy klinikada xuddi shu xizmatlar arzon va sifatli bo‘lsa, tibbiy sug‘urta mablag‘ini ularga to‘lab berish topshirildi.

Teglar

Mavzuga oid

Tibbiyot sohasidagi tadbirkorlarga 3 yil imtiyozli davr bilan 17 foizli kreditlar ajratiladi | Vaqt.uz