Logo

«Toshkent yo‘lbarsi» Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi

Bugun 09:541 daqiqa

O‘zbek boksi tarixida o‘chmas iz qoldirgan, mamlakat tarixidagi ilk jahon chempioni Rufat Risqiyev 76 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

«Toshkent yo‘lbarsi» Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi

«Toshkent yo‘lbarsi» nomi bilan tanilgan afsonaviy bokschi Rufat Risqiyev 76 yoshida vafot etdi.

Rufat Risqiyev o‘zbek boksi tarixida Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan ilk sportchilardan biri bo‘lgan. U 1974-yilda Gavanada o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Bokschi 1976-yil Monreal Olimpiadasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal olgan.

Risqiyev xalqaro ringdagi faoliyati davomida AQSH, Kuba, Avstriya, sobiq Yugoslaviya va Ispaniyada o‘tkazilgan nufuzli turnirlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Rufat Risqiyev sportchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin ham boks sohasida ishlashni davom ettirgan. U Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro toifadagi professional boks hakami sifatida ham faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Risqiyev «Hurmat Belgisi», «Buyuk xizmatlari uchun» va «El-yurt hurmati» ordenlari bilan taqdirlangan.

Bokschi so‘nggi yillarida og‘ir kasallik bilan kurashib kelayotgandi.

Vaqt.uz tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Teglar

Mavzuga oid