add

Turkiya G‘azodagi missiya uchun harbiy kontingent tayyorlamoqda

Bugun 22:591281

2 ming kishidan iborat brigada shakllantirilib, xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida missiyaga qatnashish uchun jo‘natilishi kutilmoqda.

Turkiya G‘azodagi missiya uchun harbiy kontingent tayyorlamoqda

Turkiya hukumati xalqaro tinchlikparvar missiya doirasida G‘azoga yuzlab harbiy xizmatchilarni yuborish rejasini yakunlash arafasida. Bu haqda Middle East Eye manbalarga asoslanib, xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tinchlikparvarlik operatsiyalarida qatnashish va mojaroli hududlarda ishlash tajribasiga ega turli qo‘shin turlaridagi harbiylardan iborat 2 ming kishilik brigada shakllantirilmoqda. Kontingentni boshqa hamkor davlatlar bilan birgalikda xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida G‘azoga jo‘natish mo‘ljallanmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Isroil turk qo‘shinlarining G‘azoda bo‘lishiga qarshi chiqmoqda, AQSH esa hali uzil-kesil qaror qabul qilmagan. BMT Xavfsizlik Kengashining missiya to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi hamon muhokama bosqichida.

Anqara ta’kidlashicha, operatsiya Turkiya kuchlarini bir tomonlama joylashtirish emas, balki muvofiqlashtiriladigan xalqaro missiya bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

Turkiya G‘azodagi missiya uchun harbiy kontingent tayyorlamoqda | Vaqt.uz