add

Volodimir Zelenskiy: Lukashenko urushdagi harakatlari uchun javob beradi

Bugun 08:585981

Ukraina prezidenti Lukashenkoni Belarus hududidan Rossiyaga urushga yo‘l ochgani uchun keskin tanqid qildi va uni javobgarlik kutib turganini ta’kidladi.

Volodimir Zelenskiy: Lukashenko urushdagi harakatlari uchun javob beradi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Aleksandr Lukashenkoga nisbatan keskin bayonot bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus rahbari 2022 yildagi keng ko‘lamli urush boshlanishida Rossiya qo‘shinlariga o‘z hududini ochib bergani uchun javob beradi.

«U hozir ommaviy axborot vositalarida juda «shirin» gapirmoqda, o‘zini ukrain xalqiga mehribon qilib ko‘rsatmoqda. Ammo biz uning «mehri»ini tonggi soat 4 da bombalar bilan his qilib bo‘lganmiz. Agar u so‘zlari bilan bizning esimizdan chiqarmoqchi bo‘layotgan bo‘lsa, unda xato qilmoqda — biz barchasini juda yaxshi eslaymiz», — dedi Zelenskiy 7-noyabr kuni o‘tkazilgan brifingda.

Ukraina rahbari Belarus hududidan turib Kiyevga hujum boshlanganini eslatib, u yerdan dastlab raketa va tanklar kirib kelganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, hech kim bu narsalar unutilaadi, deb o‘ylamaslik kerak. «U qilgan ishlari uchun albatta javob beradi», — dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti, shuningdek, Belarus ishtirokida tinchlik muzokaralarini o‘tkazish imkoniyatiga qarshi chiqdi. Unga ko‘ra, Belarus ushbu urushning ishtirokchisi sifatida qolmoqda va betaraflik niqobiga yashirina olmaydi.

6-noyabr kuni Aleksandr Lukashenko Ukrainadagi urushdan afsusdaligini bildirib, ukrainaliklarni Belarusga taklif qilgan edi. Uning so‘zlari ukrain rasmiylari va jamoatchiligi tomonidan qalbaki va populistik harakat sifatida baholandi.

Teglar

Mavzuga oid

Volodimir Zelenskiy: Lukashenko urushdagi harakatlari uchun javob beradi | Vaqt.uz