add

Yangi yilning ilk sutkasida O‘zbekistonda qancha chaqaloq dunyoga keldi?

Bugun 12:581 daqiqa

Eng ko‘p tug‘ilish Surxondaryo viloyatiga, eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelgan.

Yangi yilning ilk sutkasida O‘zbekistonda qancha chaqaloq dunyoga keldi?

2026 yil 1-yanvar kuni O‘zbekistonda jami 1815 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi habar berdi. Tug‘ilgan go‘daklarning 894 nafari qiz bola, 921 nafari esa o‘g‘il bolani tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keldi. Ushbu hududda 243 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (216 nafar) va Namangan viloyati (194 nafar) qayd etildi. Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida esa 191 nafardan chaqaloq tug‘ilgan.

Andijon viloyatida 157 nafar, Toshkent shahrida 143 nafar, Toshkent viloyatida esa 129 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Nisbatan kam ko‘rsatkichlar Buxoro (85 nafar), Jizzax (76 nafar), Xorazm (65 nafar), Navoiy (55 nafar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (41 nafar) hamda Sirdaryo viloyatida (29 nafar) kuzatildi.

Shuningdek, 1-yanvar kuni tug‘ilgan go‘daklar orasida 17 ta egizak holati qayd etilgan. Ularning jami soni 37 nafarni tashkil etdi. Jumladan, 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari uch homilalik va 4 nafari to‘rt homilalik egizaklardir.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning aynan shu davrida 1644 nafar, 2022 yilda 2316 nafar, 2023 yilda 2155 nafar, 2024 yilda 1859 nafar va 2025 yilda 1641 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.

Teglar

Mavzuga oid