Logo

Oliy ta’lim bitiruvchilarining maoshi ochiqlandi: eng yuqori daromad qaysi OTM bitiruvchilarida?

Bugun 11:251 daqiqa

Mamlakatda oliy ma’lumotli yoshlarning o‘rtacha maoshi 4,9 mln so‘mni tashkil qilayotgan bir paytda, ayrim universitet bitiruvchilari mehnat bozorida 12,6 mln so‘mgacha baholanmoqda. «Bitiruvchi sifati indeksi» tadqiqoti qaysi yo‘nalishlar va OTMlar haqiqiy «daromad manbai»ga aylanganini ochiqladi.

Oliy ta’lim bitiruvchilarining maoshi ochiqlandi: eng yuqori daromad qaysi OTM bitiruvchilarida?

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘rtacha rasmiy oylik daromadi 4,9 million so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda 26-avgust kuni o‘tkazilgan «Bitiruvchi sifati indeksi» natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Tadqiqotda bitiruvchilarning daromadlari ular faoliyat yuritayotgan hududdagi o‘rtacha ish haqi bilan solishtirilgan holda baholangan.

Xususiy va ixtisoslashgan OTMlar, xususan, AT va muhandislik hamda moliya-iqtisod yo‘nalishi bitiruvchilari mehnat bozorida eng xaridorgir bo‘lib turibdi.

Amaliy va texnologik yo‘nalishlarda yetakchilar:

Toshkent shahridagi Inha universiteti — 12,6 mln so‘m
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) — 9,4 mln so‘m
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti — 8,1 mln so‘m

Ijtimoiy-gumanitar va iqtisod yo‘nalishida yetakchilar:

Toshkent xalqaro Vestminster universiteti — 12,5 mln so‘m
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) — 10,6 mln so‘m
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) — 10,3 mln so‘m

Hududlar kesimida olganda, bitiruvchilarning eng yuqori o‘rtacha daromadi Navoiy va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda (o‘rtacha 5,0 mln so‘mdan).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov talabalar yotoqxonalari 2030-yilgacha yetarli bo‘lishini aytgandi.

Teglar

Mavzuga oid