add

Afg‘onistondagi Bagram avibazasida portlash sodir bo‘ldi

22.09.2025 | 20:2324256

Avvalroq, Donald Tramp Bagram aviabazasi AQSH nazoratiga o‘tmasa «yomon ishlar» bo‘lishidan ogohlantirgan edi. «Tolibon» esa bazani topshirishdan bosh tortgan.

Afg‘onistondagi Bagram avibazasida portlash sodir bo‘ldi
Afg‘onistonning Parvon viloyatida 2021 yilda AQSH tomonidan tark etilgan Bagram harbiy bazasi yaqinida portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda Afghanistan International xabar berdi. Portlash 21 sentyabr kuni kunduzi bazaning sharqiy tomonidagi Sex-Dokan hududida yuz bergan. Sapyorlar topilgan portlovchi moddalarni nazorat ostida portlatishni amalga oshirganlar. Viloyat politsiyasi qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea joyida eski portlovchi moddalarning qoldiqlari aniqlangan. Hozirda muhandislik guruhlari vaziyatni baholamoqda va zararsizlantirish ishlarini olib bormoqda. ToloNews xabariga ko‘ra, portlash eski o‘q-dorilarning yo‘q qilinishi bilan sodir bo‘lgan. «Parvon viloyati politsiya boshqarmasi Bagram tumanidagi Chor-Qal’a hududida o‘tmishdan qolgan portlovchi moddalar topilgani, zararsizlantirilgani va yo‘q qilingani haqida xabar berdi», - deya yozdi nashr. Voqea prezident Donald Trampning AQSHning Bagram ustidan nazoratini qayta o‘rnatish bo‘yicha yangi chaqiriqlari fonida yuz berdi. Bir necha kun oldin Tramp matbuot anjumanida Bagram harbiy aviabazasining AQSH uchun ahamiyatini yana bir bor ta’kidlab, hozirda Vashington bu masalada Kobul bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgandi. «Biz Bagramni, dunyodagi eng yirik aviabazalardan birini, saqlab qolmoqchimiz. Biz uni ularga tekinga topshirgan edik. Aytgancha, biz uni qaytarib olishga urinmoqdamiz», - dedi u. Shu bilan birga, TOLO News xabar berishicha, AQSHning Afg‘onistonda tinchlik bo‘yicha sobiq maxsus vakili Zalmay Xalilzod o‘zining so‘nggi nutqida shunday degan: «Vaqt o‘tishi bilan men xavfsizlik sohasida [AQSH va Afg‘oniston] hamkorligini kengaytirishni, jumladan, Bagram kabi ob’ektlardan qo‘shma aksilterror operatsiyalari uchun foydalanishni istisno etmayman. Biroq bu qat’iyatni talab qiladi», - degan u, Afg‘oniston hukumati Trampning Bagram aviabazasi ustidan nazoratni Vashingtonga qaytarish talablariga javoban, Amerika Qo‘shma Shtatlari 2020 yildagi Doha kelishuvida olgan majburiyatlarini bajarishi lozimligini ma’lum qildi. Doha kelishuvi AQSH va «Tolibon» harakati o‘rtasida imzolangan edi. Ushbu bitim AQSHni Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaslik va uning hududiy yaxlitligiga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik majburiyatini zimmasiga yuklaydi. 2001 yildan 2021 yilgacha Bagramdagi aerodrom AQSH rahbarligidagi xalqaro koalitsiyaning eng yirik bazasi bo‘lib kelgan va 15 avgust kuni "Tolibon" harakati nazoratiga o‘tgan edi. Afg‘oniston Islom Amirligi Bosh shtabi boshlig‘i Kari Fasihuddin Donald trampning Bagram aviabazasi bo‘yicha Afg‘onistonga qilgan tahdidlariga javob bergandi: «Biz hech qanday zolimdan qo‘rqmaymiz, barcha narsani Oliy Allohga ishonib topshirganmiz. Buni Amerika va uning ittifoqchilariga qarshi yigirma yillik jihod bilan isbotladik».

Teglar

Mavzuga oid