Aholi omonatlarini jalb etishda davlat banklari yana ustunlik qildi
29.09.2025 | 11:523119
Markaziy bank ilk marta Bank omonatlari bo‘yicha tahlilini e’lon qildi. Unda omonatchilar soni, yosh va jins bo‘yicha taqsimoti, shuningdek banklardagi omonat stavkalari bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlangan.

2025 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tijorat banklarida 139,43 trln so‘m miqdorida omonat saqlanmoqda. Ayni paytda 35 ta tijorat banki mavjud bo‘lib, ularning 32 tasi omonat xizmatlarini taklif qilmoqda. Barcha omonatchilarning yarmidan ko‘pi «Milliybank» (1,58 mln dan ortiq) va «Xalq banki» (1,23 mln atrofida) hisobiga to‘g‘ri keladi. Eng yuqori uchlikdan Kapitalbank ham 953,6 ming omonatchi bilan o‘rin egallagan. Bundan tashqari, «Anorbank» 845 ming va «InFinbank» 437 ming omonatchi bilan ustunlikni ko‘rsatdi.
Yosh bo‘yicha taqsimot
Yosh toifalari bo‘yicha depozit hisobvaraqlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, omonatchilarning asosiy qismi yoshlar va o‘rta yoshdagilar orasida jamlangan. 16–30 yoshdagi fuqarolar eng ko‘p hisobvaraq ochgan bo‘lib, ularning soni 13,3 mlnni tashkil etadi. Bundan tashqari, 60 yoshdan oshganlar orasida ham sezilarli hajm saqlanib qolmoqda — 6,32 mln hisobvaraq, bu esa omonatlarning pensiya yoshidagi va katta avlod uchun muhim jamg‘arma vositasi ekanini ko‘rsatadi. Eng kichik ko‘rsatkich esa, tabiiyk,i 16 yoshgacha bo‘lganlar, ular 126 mingdan ortiq kishini tashkil qiladi.
Gender bo‘yicha taqsimot
Omonatchilarning jinsga ko‘ra taqsimoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, erkaklar va ayollar orasida omonatlar soni deyarli teng. Erkaklar 22,3 mln omonatga ega bo‘lsa, ayollar 22,2 million omonatga ega. Biroq, ikkala jinsning ham bank xizmatlaridan foydalanishi bir xil darajada bo‘lib, bu moliyaviy inklyuzivlikning muhimligini ta’kidlaydi. (4-rasm)
Tahlilga ko‘ra, saqlanayotgan omonatlarning 56,8 foizi erkaklarga, 43,2 foizi esa ayollarga tegishli. Omonatlarning umumiy hajmiga qaraganda, erkaklarning hisobvaraqlaridagi jami mablag‘lar taxminan 79,17 trln so‘mni tashkil etsa, ayollar hisobvaraqlaridagi mablag‘lar 60,26 trln so‘mni tashkil etadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, ayollar soni erkaklarga yaqin bo‘lsa-da, erkaklar tomonidan jamg‘arilgan mablag‘lar ancha ko‘p. Bu esa erkaklar odatda katta miqdordagi mablag‘larni omonat sifatida joylashtirishi yoki uzoq vaqt mobaynida bank xizmatlaridan foydalanganini anglatadi. (5-rasm)
Bank omonatlarining foiz stavkalari
Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, omonatlarning foiz stavkalari milliy va xorijiy valyutalarda farq qiladi. So‘mdagi omonatlar bozorida 21 foizdan past stavkali mahsulotlar ko‘p uchraydi. Ular 23 ta bankda 54 ta taklifni o‘z ichiga oladi.
Biroq, yuqori daromadli omonatlar ham mavjud: 21 foiz va undan yuqori stavkali 47 ta mahsulot bor, ulardan ba’zilarida 23 foiz yillik stavkalar ham mavjud. Masalan, «Apex bank» va «Poytaxt Bank» 23 foiz yillik stavkali omonatlarni taklif qilmoqda. Shuningdek, 7 ta bankda 0 foiz stavkali omonatlar mavjud bo‘lib, ular asosan mablag‘ni qisman yechib olish imkoniyati bilan taklif qilinadi.
Xorijiy valyutadagi omonatlar bo‘yicha stavkalar tuzilmasi ko‘proq bir joyga jamlangan. 1–5 foiz stavkali mahsulotlar ko‘proq uchraydi (18 ta bankda 42 ta mahsulot), 6–8 foiz stavkali mahsulotlar esa 19 ta bankda 33 ta taklifni tashkil etadi. Yillik maksimal 8 foiz stavka faqat uchta bankda, ya’ni «Anorbank», «Garant bank» va «InFinbank»da mavjud.
Bu tahlil shuni ko‘rsatadiki, so‘mdagi omonatlar orasida past stavkalar ko‘proq, ammo yuqori stavkali mahsulotlar ham mavjud. Xorijiy valyutalar bo‘yicha esa ko‘proq past stavkalar taklif qilinadi, faqat ba’zi banklar yuqori stavkalar bilan raqobatlashmoqda.
Aholi omonatlarini jalb qilishda davlat banklari ustunlik qildi
Avgust oyida banklar depozit portfeli 3,3 trln so‘mga o‘sib, jami 363,7 trln so‘mdan oshdi. Shu davrda aholi omonatlari qoldig‘i 4,5 trln so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, korporativ depozitlar 1,2 trln so‘mga kamaydi.
Jami depozitlarni jalb qilish bo‘yicha «Milliy bank» (+2,6 trln so‘m), «Kapitalbank» (+1,3 trln so‘m) va «Agrobank» (+884 mlrd so‘m) eng yuqori natija ko‘rsatdi.
Aholi omonatlarini jalb etishda esa davlat banklari mutlaq yetakchilik qildi. Bir oy ichida «Oʻzsanoatqurilishbank» (+727 mlrd so‘m), «Agrobank» (+599 mlrd so‘m) va «Milliy bank» (+460 mlrd so‘m) omonatlarni ko‘paytirishda birinchi o‘rinlarni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iyul holatiga ko‘ra omonatchilar ko‘proq davlat banklarini tanlashgan edi.