
AQSHning Rossiyaga qarshi rejasi: Hindiston bilan kelishuv ish beradimi?
Trampning Hindiston bilan kelishuviga ko‘ra, endi Nyu Dehli Rossiya nefti o‘rniga Venesuelanikini sotib oladi. Rejaga muvofiq Moskva daromad manbaidan mahrum bo‘ladi. Ammo bunda bir muammo bor.

AQSH prezidenti Donald Tramp shu hafta Hindiston bilan kelishuvga erishdi va u quyidagi oddiy hisob-kitobni nazarda tutadi:
AQSH Hindiston mahsulotlariga qo‘yilgan bojlarni keskin pasaytiradi.
Hindiston Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatib, uning o‘rniga Venesuela va AQSH neftini sotib oladi.
Rossiya urushni (Ukrainaga qarshi) moliyalashtirishda muhim bo‘lgan yirik xaridoridan va daromad manbaidan mahrum bo‘ladi.
Ammo voqelik bunchalik oddiy emas. Venesuelada neft qazib olish va eksport qilish tizimi hali yetarlicha rivojlanmagan, Hindiston esa Rossiyadan osongina yuz o‘gira olmaydi.
Shunga qaramay, bu – boshланishи. Tramp Venesuelaning yaqinda qayta ochilgan neft sanoatidan iqtisodiy jihatdan Rossiyaga qarshi kurashish, shu orqali uning Ukrainaga qarshi vayronkor urushni davom ettirish imkoniyatlarini cheklash uchun foydalanishi mumkin.
Venesuela nima taklif qiladi?
Hindiston va Xitoy Rossiya nefti sotuvlarining mutlaq ko‘p qismini tashkil etadi. G‘arb davlatlari Ukraina urushi boshlanganidan beri Rossiya neftiga sanksiyalar joriy qilgani sababli, Hindiston va Xitoyning ushbu xaridlari Rossiya iqtisodiyotini “tirik ushlab turish” uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Venesuela nefti esa jozibali muqobil variant sifatida ko‘rilmoqda.
Uning og‘ir va oltingugurt miqdori yuqori bo‘lgan nefti Rossiya neftiga juda o‘xshash – quyuq, suyulmas xomashyo bo‘lib, u yoqilg‘i moyi, dizel, asfalt va Hindistonning jadal o‘sib borayotgan iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan boshqa hosilalarni ishlab chiqarish uchun juda mos keladi. Bunga qarshi ravishda, AQSHning yengil va «shirin» nefti benzin ishlab chiqarish uchun juda qulay, ammo boshqa mahsulotlar uchun unchalik emas. Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari esa Venesuela turidagi neftni qayta ishlashga yaxshi moslashgan.

3-yanvar kuni AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olgandan so‘ng, Tramp AQSH neft kompaniyalari uchun “qizil gilam” yoyib, qazish ishlarini boshlashga yo‘l ochdi. Janubiy Amerika mamlakati o‘tgan hafta huquqiy islohotlarni qabul qildi – bu esa Venesuelaning vayrona ahvolga tushib qolgan neft infratuzilmasini tiklash uchun xorijiy neft kompaniyalarini qayta jalb etishga yordam berishi mumkin.
“Bu, albatta, to‘g‘ri yo‘nalishda tashlangan qadam va u mamlakatga ko‘proq investitsiya kirib kelish yo‘lini ochadi”, – дейdi «Kpler» kompaniyasining neft xomashyosi bo‘yicha yetakchi tahlilchisi Homayun Falakshohiy Venesuelada qabul qilingan neft sohasi islohotlari haqida.
Biroq, hozircha ijobiy xabarlar deyarli shu yerda tugaydi.
Venesuela hali katta bozor uchun tayyor emas
Venesuela hozirda kuniga 1 million barreldan sal ko‘proq neft ishlab chiqarmoqda. Shu hajmning taxminan uchdan ikki qismi uning eng yirik mijozi – Xitoyga yuboriladi.

Hatto Venesuela o‘z neftining 100 foizini Hindistonga yetkazib bergan taqdirda ham, bu Hindistonning Rossiyadan kuniga import qilayotgan 1,5 million barrel neftini to‘liq qoplay olmaydi.
Aslida Venesuelada bunday salohiyat bor: mamlakat dunyodagi eng katta tasdiqlangan neft zaxiralariga ega. 1999 yilda sobiq prezident Ugo Chavesning sotsialistik hukumati hokimiyatga kelgunga qadar, Venesuela kuniga 3 million barreldan ortiq neft ishlab chiqarar edi.
Biroq yillar davomida neft infratuzilmasi yemirilib ketgan va sohani o‘sha darajaga qaytarish uchun o‘n yil davomida har yili o‘nlab milliard dollar sarmoya talab etiladi, degan fikrda soha mutaxassislari yakdil. Bu esa xorijiy investitsiyalarni va hozirgacha Venesuelani tiklash uchun zarur resurslarni ajratishga shoshilmayotgan yirik G‘arb neft kompaniyalari bilan hamkorlikni taqozo qiladi.
AQSH Maduroni hokimiyatdan chetlatganidan so‘ng, Amerika energetika sanoati vakillari shunday dedi: yirik neft kompaniyalarini qaytarish uchun Venesuela qonun ustuvorligini ta’minlashi, uzoq muddatli siyosiy barqarorlikka kafolat berishi, milliylashtiruvchi neft qonunlarini bekor qilishi va milliardlab dollar qarzlarni qaytarishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, AQSH ham sanksiyalarni bekor qilishi va qandaydir moliyaviy kafolatlar taqdim etishi lozim.
Hozirgacha bu shartlarning faqat ikkitasi bajarildi: Tramp ma’muriyati sanksiyalarni bekor qildi, Venesuela esa neft qonunlarini qayta ko‘rib chiqdi.
Trampning aytishicha, Venesuelaga qaytishni tanlagan neft kompaniyalari bilan kelishuv doirasida qarzlarni qaytarish, xavfsizlik va moliyaviy kafolatlar masalasi bo‘lmaydi. Hozircha Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges Tramp bilan hamkorlik qilishga tayyor ekaniga qaramay, mamlakat hozirgi hukumat kelajakda ham G‘arb neft kompaniyalari bilan tuzilgan har qanday kelishuvga uzoq muddat davomida amal qilishiga kafolat bera olmaydi.
«AQSH neft kompaniyalari Venesuelaga neft ishlab chiqarish uchun katta miqdorda royalti to‘lashga majbur bo‘ladi. Bu esa – ayniqsa neft narxlari past bo‘lgan bir paytda – yirik neft kompaniyalari u yerdagi investitsiyalaridan boshqa mamlakatlarga nisbatan shunchaki yuqori daromad ola oladimi, degan savolni o‘rtaga qo‘yadi», – deb ta’kidladi «Tortoise Capital» kompaniyasining katta portfel menejeri Rob Tummel.
Hindiston Rossiyadan darhol voz kecha olmaydi
Tramp Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga va’da berganini aytgan bo‘lsa-da, bu bir kechada amalga oshadigan ish emas. «US Bank Asset Management» kompaniyasining investitsiya strategiyasi bo‘yicha katta direktori Rob Hovort таъкидлашича, Hindistonga katta infratuzilmaviy yangilanishlar kerak bo‘ladi.

«Global ta’minotni taqsimlash zanjirini qayta moslashtirish vaqt talab qiladi, ayniqsa Rossiyadan keladigan import bilan Venesueladan Hindistonga yetkazib berish o‘rtasidagi tranzit vaqtlari farqini hisobga olganda», – dedi Hovort.
Bundan tashqari, Hindiston hozir xarid qilayotgan Rossiyaning «Urals» markali neftiga nisbatan ancha yuqori narx to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Rossiya nefti OPEK yoki AQSH neftiga nisbatan sezilarli chegirma bilan – taxminan bir barreli 16 dollarga arzon sotiladi. Shu bois Hindiston uchun Rossiyadan voz kechish qiyin. (Global neft narxlarining pasayishi esa bu qarorni qabul qilishni biroz osonlashtirdi.)
«Mizuho Securities» tahlilchisi Robert Yavgerнинг aytishicha, Hindiston yillar davomida «soyo флоти» kemalari orqali Rossiya neftini xarid qilib, G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tib kelmoqda va Tramp bilan kelishuvga erishilganidan keyin ham bu amaliyot тўхташига ishonch йўқ.
«Ular sanksiya organlarini chetlab o‘tishning minglab turli usullarini topishgan», – дейdi Yavger.
Rossiyaga eng og‘riqli joyidan zarba berish
Venesuela nefti Rossiya masalasida qo‘shimcha muhim omil bo‘lib qo‘shiladi va kelajakda, hech bo‘lmaganda ma’lum darajada, mavjud holatni o‘zgartirishi mumkin.

Rossiya allaqachon neft narxlarining pasayishidan jabr ko‘rgan, global sanksiyalar esa uning iqtisodiyotini qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Yuqori inflatsiya va o‘sib borayotgan qarzlar rossiyaliklar hayotini yanada mushkullashtirdi.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshqarayotgan iqtisodiyot halokat yoqasiga kelib qolgani yo‘q. Rossiya ishlab chiqarishni oshirish, «soyo флоти» orqali neft savdosi va soliqlarni ko‘tarish kabi omillar hisobiga iqtisodiy faollikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Hindistonni neft xaridori sifatida yo‘qotish Rossiya uchun hal qiluvchi zarba bo‘lishi ehtimoli past.
Shunday bo‘lsa-da, hatto Hindiston Rossiya neftidan asta-sekin voz kecha boshlagan taqdirda ham, Rossiya neft savdosining zaiflashishi muayyan ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
«Vaqt o‘tishi bilan bu Rossiya iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar yaratishi mumkin. Bu esa Rossiya uchun Ukrainadagi urushni moliyalashtirishni yanada mushkullashtiradi», – дейdi Hovort.





