add

Bayram kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxati e’lon qilindi

30.08.2025 | 14:308822

Markaziy bank axborot xizmatiga ko‘ra, 30–31 avgust va 1 sentyabr kunlari respublikadagi bir qator tijorat banklari o‘z filiallarida valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatini ko‘rsatadi.

Bayram kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxati e’lon qilindi
Qayd etilishicha, jami 26 ta bank aholi uchun xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Ular qatorida: Aloqa bank; Anorbank; Apexbank; Asia Alliance bank; Asaka bank; Agrobank; Biznesni rivojlantirish banki; Davr bank; Garant bank Hamkorbank; Hayot bank; InfinBank; Ipak yo‘li banki; Ipoteka bank; Mikrokreditbank; Octobank; Orient Finans bank; Poytaxt bank; Saderat bank; Sanoatqurilishbank; Tengebank; Trastbank; Turon bank; Universalbank; Xalq bank; O‘zmilliybank. Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlaydigan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali ham operatsiyalarni bajarish mumkin. Kunning istalgan vaqtida bank mobil ilovalari orqali onlayn ayirboshlash xizmatlari ham foydalanish uchun ochiq bo‘ladi. Markaziy bank filiallar ish rejimi turlicha bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, aniq ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri banklardan olishni tavsiya etdi.

Teglar

Mavzuga oid

Bayram kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxati e’lon qilindi | Vaqt.uz