Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro forumida virtual zo‘ravonlik asosiy tahdid sifatida ko‘rsatildi
11.09.2025 | 19:40288310
Toshkentda ilk marta o‘tkazilgan Markaziy Osiyo bolalar ombudsmanlari forumida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, xususan raqamli tahdidlar jiddiy muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Vaqt.uz muxbiri

Bugun, 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili, BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida «Markaziy Osiyo mamlakatlarida bola huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishning dolzarb masalalari: bolalar ombudsmanlarining mintaqaviy hamkorligi istiqbollari» mavzusida Markaziy Osiyo mamlakatlari ombudsmanlarining birinchi xalqaro forumi o‘tkazildi.
Uchrashuvda Qirg‘iz Respublikasi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili A.Chinbayeva, Qozog‘iston Respublikasi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakili D.Zakiyeva, Tojikiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari – Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil M.Bobojonzoda bilan tizimli va amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Turkmanistonda bola huquqlari bo‘yicha ombudsman instituti mavjud emas, ushbu yo‘nalishdagi ishlar Inson huquqlari bo‘yicha vakil Ya.Gurbannazarova, shuningdek, Norvegiya, Finlyandiya va Xorvatiya kabi davlatlarning ombudsmanlaridan vakillar ishtirok etdi.
Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Markaziy Osiyo mamlakatlari bolalar ombudsmanlarini hamkorligini yo‘lga qo‘yuvchi mintaqaviy platforma yaratish.
Forumni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati raisi Tanzila Norboyeva ochib berib, Markaziy Osiyoda turli yo‘nalishlarda, xususan, xotin-qizlar, tashqi ishlar, yoshlar masalalarda platformalar mavjudligi, aynan shu tashabbus bola huquqlari masalasida ham amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, senat raisi nutqida yaqin ikki yilda O‘zbekistonda bola huquqlariga oid 40dan ortiq qonun qabul qilingani, bolalarni majburiy mehnatga, xususan, paxta terimiga jalb qilish tugatilgani hamda bu bo‘yicha konstitutsiyaga alohida modda qo‘shilganini ham esladi.
Tanzila Norboyevadan so‘ng UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijo so‘zga chiqib, umumiy platformaning mintaqa uchun ahamiyatini tushuntirdi.
Mas’ulga vakilga ko‘ra, oldin bolalar zo‘ravonligining uch: jismoniy, jinsiy, ruhiy zo‘ravonlik kabi turlari bo‘lgan bo‘lsa, yangi qonun qabul qilinganidan keyin «bulling», kamsitish, beparvolik, bolaning asosiy ehtiyojlarini cheklash, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, bolani jinsiy hayotga, mehnatga, nikohga, tilanchilikka ekspluatatsiya qilish shakllari qo‘shilgan. Bundan tashqari qonun bilan ushbu sohada faoliyat yurituvchi organlarning harakat mexanizmlari aniq belgilangan.
Rahmonovaning aytishicha, zo‘ravonlik haqida gap ketganda, bola yashayotgan ijtimoiy makondagi tarbiyalash usulida kuzatilayotgan zo‘ravonlik holatlarini alohida ta’kidlash lozim.
Uchrashuvda mahalliy ekspert, vakillardan tashqari xalqaro bolalar huquqlari mutaxassislari, xususan Norvegiya Bolalar ombudsmani o‘rinbosari — Ivar Stokkereyt bolalar ko‘rsatilayotgan zo‘ravonliklar orasida eng muhimi virtual zo‘ravonlik ekanini ta’kidladi. Unga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har besh boladan bittasi onlayn zo‘ravonlikka uchraydi. Shuningdek, Norvegiyaning «Save the children» tashkilotiga ko‘ra, har to‘rtadan bir bir bola internetda jinsiy zo‘ravonlikka uchraydi.
O‘smir yoshdagi bolalar orasida har 10 soniyada bir shahvoniy videolar yuborilishi aniqlangan. Umumiy hisobda, bir yilda 300 mlndan ortiq bola raqamli zo‘ravonlikdan aziyat chekib, o‘z joniga qasd qilish holatlarida internet aspekti asosiy omil bo‘lgan.
Forum yakunida bola huquqlarini ta’minlash va himoya qilish sohasida mintaqalararo va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bolalar ombudsmanlari Deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Kelgusi forum 2026 yilda Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mehrinoz Farmonova, Vaqt.uz muxbiri.
«Bola huquqlarini himoya qilish- Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya ko‘zda tutgan oddiy huquqiy majburiyat emas, balki biz qanday jamiyat qurayotganimizni belgilaydigan ma’naviy mas’uliyatdir. Mamlakatlar hamkorlik qilganda, institutlar sa’y-harakatlarini birlashtirganida bolalar manfaatlari yo‘lida natijalar bir necha barobar ortadi», — dedi u.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida bola huquqlarini ta’minlash masalasida ilg‘or ekanligini ta’kidlab, yaqinda parlament tomonidan qabul qilingan bolalarni zo‘ravonlikni har qanday turidan himoya qilishga qaratilgan qonunning ahamiyati haqida gapirdi.
Mas’ulga vakilga ko‘ra, oldin bolalar zo‘ravonligining uch: jismoniy, jinsiy, ruhiy zo‘ravonlik kabi turlari bo‘lgan bo‘lsa, yangi qonun qabul qilinganidan keyin «bulling», kamsitish, beparvolik, bolaning asosiy ehtiyojlarini cheklash, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, bolani jinsiy hayotga, mehnatga, nikohga, tilanchilikka ekspluatatsiya qilish shakllari qo‘shilgan. Bundan tashqari qonun bilan ushbu sohada faoliyat yurituvchi organlarning harakat mexanizmlari aniq belgilangan.
Rahmonovaning aytishicha, zo‘ravonlik haqida gap ketganda, bola yashayotgan ijtimoiy makondagi tarbiyalash usulida kuzatilayotgan zo‘ravonlik holatlarini alohida ta’kidlash lozim.
«Avvallari milliy mentalitet, qadriyatlar sabab O‘zbekistonda bolalarga zo‘ravonlik holatlari haqida deyarli gapirilmagan. Ammo O‘zbekistonning qariyb 35 foizi, 13 mlnini bolalar tashkil etar ekan, bu masala hamma uchun muhim bo‘lishi kerak», dedi Surayyo Rahmonova.Shuningdek, Ijtimoiy himoya agentligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarning to‘rtdan bir qismini imkoniyati cheklanganlar tashkil qilib, ularning 80 foizi ta’limga jalb qilingan. O‘zbekistonda 2020-2025 yillarda «Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi» qabul qilingan. Unga ko‘ra, shu yilning oxiriga qadar maktablarning 50 foizida inklyuziv sinflar tashkil qilinishi kerak. Bundan maqsad bolalarning mana shunday oddiy maktablarda inklyuziv-maxsus sinflarga o‘qitish orqali maxsus maktablar sonini kamaytirish», deya fikrini davom ettirdi Surayyo Rahmonova.