add

Dunyoda havo sovib bormoqda? Insonning bunda aybi yo‘q? — Iqlimga oid miflarni parchalash

Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim bo‘yicha COP30 sammitida turli davlatlar vakillari sayyoramizdagi iqlim o‘zgarishlariga qarshi qanday kurashish bo‘yicha tortishar ekan, ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzuga oid turli miflar tarqalishda davom etmoqda. Xo‘sh, ularda asos bormi?

Dunyoda havo sovib bormoqda? Insonning bunda aybi yo‘q? — Iqlimga oid miflarni parchalash

BBC Verify — BBCʼniнг faktlar tekshiruvi bo‘limi shulardan beshtasini tanlab, ularning qay жиҳати noto‘g‘ri  noto‘g‘ri ekanini tushuntirdi.

 

1-mif: Iqlim o‘zgarishlari inson faoliyati bilan bog‘liq emas

Inson iqlimni o‘zgartirmayapti, degan da’volar ingliz, rus, ispan va fransuz kabi ko‘plab tillarda uchraydi. Bu gapda zamirida biroz haqiqat ham bor: Yer tarixi davomida ob-havo tabiiy sikllar natijasida — masalan, вuлқонлар faolligi yoki Quyoshdagi o‘zgarishlar sababli dam isib, keyin sovib borgan. Ammo bunday o‘zgarishlar tarixan qisqa muddat iichda emas, ming yillar, hatto million yillar davomida sodir bo‘lgan.

Ammo so‘nggi 150 yilda Yer kurrasidagi harorat allaqachon taxminan o‘rtacha 1,3°Cga isib ulgurdi. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkiloti ma’lum qilgan.

Бир qaraganda бu raqam katta emasdek ko‘rinsa-da, olimlar bunday tez isish so‘nggi ming yillar ichida kuzatilmaganini ta’kidlamoqda.

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi (IPCC) bu isish inson faoliyati — xususan, ko‘mir, neft va gaz kabi қазилма yoqilg‘ilar yoqilishi orqali kelib chiqqanini aniq tasdiqlagan.

IPCC — BMT huzuridagi tashkilot bo‘lib, dunyo bo‘ylab iqlim bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tahlil qiladi va asosli hisobotlar tayyorlaydi.

global warming 01

Қазилма yoqilg‘ilar yoqilishi oqibatida atmosferaga asosan karbonat angidrid (CO₂) kabi issiqxona gazlari tarqaladi. Bu gazlar Yer atrofini кўрпадек o‘rab olib, ortiqcha issiqlikni saqlab qoladi va sayyora isishini keltirib chiqaradi.

«Iqlim o‘zgarishi — ishonish emas, isbot masalasi. Inson ta’siriga oid izlar sayyoraning har bir qismida yaqqol ko‘rinmoqda», — deydi Londondagi Imperiya kolleji iqlimshunosi Joys Kimutai.

 

2-mif: Ob-havo isib borayotgani yo‘q, aksincha sovib ketmoqda

Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari — masalan, Polsha yoki Kanadadagilar o‘z mintaqalarida odatdagidan sovuqroq davrlarni global isish yo‘qligining dalili sifatida qabul qilishmoqda. Internetda «aslida sayyora isib ketmayapti, sovib bormoqda», degan da’volar hali ham tarqalmoqda.

Bu noto‘g‘ri fikr.

Ob-havoga ta’sir qiluvchi omillar qisqa muddatli atmosfera sharoitlari bilan bog‘liq. Iqlimi esa uzoq muddatli tendensiya bo‘lib, yillar va o‘n yillar davomida kuzatiladigan o‘zgarishlardan iborat.

global warming 02

«Uzoq muddatli global harorat ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, Yer yuzasi umumiy tarzda isib bormoqda — hatto ayrim hududlarda qisqa muddatli yoki mahalliy sovuqlar kuzatilsa ham», — deydi filippinlik iqlimshunos Jozef Baskonsillo.

Jahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 1980-yillardan boshlab har bir keyingi o‘n yillik avvalgisidan issiqroq bo‘lgan — va bu tendensiya saqlanishi kutilmoqda.

2024 yil butun tarix davomidagi eng issiq yil bo‘ldi. Yer yuzasidagi o‘rtacha harorat 1800-yillar oxiriga nisbatan taxminan 1,55°C yuqori bo‘lgan.

 

3-mif: Karbonat angidrid gazi atmosferani ifloslantirmaydi

Global isishga ishonmaydiganlar ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez karbonat angidrid (uglerod qo‘shoksid) gazi — CO₂ atmosferani ifloslamaydi, balki o‘simliklar uchun ozuqa manbai ekanini ta’kidlashadi.

BBC hatto portugal va xorvat tillaridagi nashrlarda CO₂ miqdorining ortishi tabiat uchun foydali bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlarga duch kelgan.

NASA ta’kidlashicha, karbon gazi haqiqatan ham ma’lum me’yorda Yerda hayot uchun zarur: agar issiqxona gazlari bo‘lmaganida, sayyoramizda hayot mavjud bo‘lishi uchun juda sovuq hukm surgan bo‘lar edi.

O‘simliklar CO₂ ni suv va quyosh nuri bilan birgalikda kislorod hamda organik moddalar ishlab chiqarish uchun ishlatadi — bu moddalar Yerdagi aksariyat ozuqa zanjirlarining asosini tashkil etadi.

global warming 03

Biroq atmosferada CO₂ me’yoridan ortib ketganda, u zarar keltira boshlaydi. Olimlar bunday holatda karbonat angidrid gazini «ifloslantiruvchi modda» deb ataydilar — bu termin, odatda, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan moddalar uchun ishlatiladi.

Jahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda havodagi karbonat angidrid gazi miqdori rekord darajaga yetdi — 1750 yildagi 280 ppm (milliondan ulush) dan 423 ppm gacha o‘sdi. Olimlar bu holatni global isish bilan bog‘lamoqda va bu tabiiy ekotizimlarga jiddiy xavf tug‘dirayotganini ogohlantirmoqda.

«O‘rmonlar ko‘proq yong‘inlardan jabr ko‘ryapti, ekinlar qurg‘oqchilik yoki toshqinlardan zarar ko‘ryapti, yovvoyi hayvonlar esa o‘z yashash muhitini yo‘qotyapti, chunki ekotizimlar muvozanatdan chiqmoqda», — deydi kanadalik ekolog va tabiat muhofazasi bo‘yicha mutaxassis Mishel Kalamandin.

BMT huzuridagi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mutaxassislar guruhining ta’kidlashicha, CO₂ miqdorining ortishi ayrim o‘simliklar o‘sishiga turtki berishi mumkin, biroq bu iqlim o‘zgarishining manfiy ta’sirlarini — masalan, issiqlik stresslari yoki suv tanqisligini qoplay olmaydi.

 

4-mif: O‘rmon yong‘inlariga iqlim emas, insonlar sababchi

Keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari — masalan, joriy yil boshida AQSH, Janubiy Koreya va Turkiyada yuz bergan holatlarda ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi foydalanuvchilar bu faqat qasddan qo‘yilgan yong‘inlar sababli sodir bo‘ldi, deya iddao qilishadi va iqlim o‘zgarishi kabi omillarni inkor etishadi.

O‘t qo‘yuvchilar qo‘lga olingani haqidagi virusli postlar ko‘pincha olimlar va iqlim siyosati yurituvchi siyosatchilarni masxara qilish bilan birga yuradi.

Albatta, ko‘plab yong‘inlar inson faoliyati — qasddan yoki beixtiyor harakatlar natijasida boshlanadi. Biroq Kolumbiya Milliy universiteti qoshidagi yong‘inlar ekologiyasi bo‘yicha mutaxassis doktor Dolors Armenteras ta’kidlashicha, ushbu muammoni yagona sabab — inson faoliyatiga bog‘lash «asosiy ilmiy xato» bo‘ladi.

global warming 04

Maxsus bir yong‘inni iqlim o‘zgarishi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lash qiyin — chunki yong‘in tarqalishiga ob-havo, relyef va o‘rmonlarni boshqarish tartibi kabi omillar ta’sir qiladi.

Shunga qaramay, iqlim o‘zgarishi yong‘in kelib chiqishi va tarqalishi uchun ideal sharoit yaratib beradi.

BMT huzuridagi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mutaxassislar guruhining ta’kidlashicha, Janubiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning g‘arb hududlarida iqlim o‘zgarishi sababli yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan ob-havo — uzoq davom etuvchi qurg‘oqchilik, kuchli issiqlik va shamollar tobora tez-tez kuzatilmoqda.

Bunday sharoitda har qanday yong‘in manbasi — tabiiy (masalan, yorug‘lik) yoki inson faoliyati bilan bog‘liq (olov yoqish yoki baxtsiz hodisa) agar o‘simliklar yetarlicha bo‘lsa, keng ko‘lamli yong‘inlarga olib kelishi mumkin.

«Gap yong‘inlar qasddan qo‘yilganmi yoki iqlim o‘zgarishimida emas, — deydi doktor Armenteras. — Asosiy masala shundaki, global isish va keskin ob-havo hodisalari ortishi har qanday yong‘in oqibatlarini og‘irlashtirib, uni yanada keng ko‘lamli falokatga aylantirmoqda. Buni hozir dunyoning ko‘plab hududlarida kuzatish mumkin».

 

5-mif: Geoinjeneriya kuchli ob-havo hodisalariga olib kelmoqda

O‘tgan yili Dubay (BAA) va Valensiyada (Ispaniya) to‘satdan yuz bergan toshqinlar ortidan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari barchasiga olimlarni ayblay boshlashdi. Ayrimlar, ob-havoga ta’sir ko‘rsatish va geoinjeneriya, ya’ni iqlim sharoitini o‘zgartirish va global isishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar kuchli yomg‘ir, toshqin va do‘l kabi hodisalarni keltirib chiqarmoqda, deb hisoblaydi.

global warming 05

Biroq ob-havoga ta’sir ko‘rsatish va geoinjeneriya — bu ikki xil tushuncha. Boz ustiga, ularning hech biri turli mintaqalarda kuzatilayotgan kuchli ob-havo hodisalarini izohlab bera olmaydi.

Ob-havoga ta’sir qilish, darhaqiqat, mumkin. AQSH hukumati hisobotlariga ko‘ra, eng keng tarqalgan texnologiyalardan biri — bulutlarga yomg‘ir urug‘ini sepish so‘nggi yillarda Xitoy, Meksika va Hindistonni ham o‘z ichiga olgan 30 dan ortiq davlatda qo‘llanilgan.

Bu jarayonda bulutlarga kichkina zarrachalar (masalan, kumush yodi) sepiladi. Bu suv bug‘i kondensatsiyalanishi yoki muzlab qolishini rag‘batlantiradi va natijada yomg‘ir yoki qor yog‘ish ehtimolini oshiradi.

«Ob-havoni boshqarish texnologiyalari juda mahalliy darajada va qisqa muddatli ta’sirga ega. Shuning uchun ular oxirgi o‘n yilliklarda dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishlarini izohlay olmaydi», — deydi Hindiston Ilmiy instituti qoshidagi Atmosfera va okean fanlari markazi professori Govindasami Bala.

Bulutlarga yomg‘ir urug‘ini sepish va boshqa shunga o‘xshash texnologiyalar samaradorligi borasida tortishuvlar mavjud bo‘lsa-da, olimlar bu usullarning o‘ziyoq yirik toshqinlar yoki keng ko‘lamli bo‘ronlarni keltirib chiqarishi mumkinligiga ishonmaydi.

Geoinjeneriya — bu iqlimni o‘zgartirish maqsadida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan urinishlardir. Masalan, quyosh nurlanishini o‘zgartirish — geoinjeneriyaning bir yo‘nalishidir: atmosferaga ma’lum moddalarning mayda zarrachalari sepiladi, ular quyosh nurini qoinotga qayta akslantirishi va nazariy jihatdan Yerni sovutishi mumkin.

Bu sohada hali-hanuz kichik mahalliy sinovlar o‘tkazilgan, lekin global darajada quyosh geoinjeneriyasi hech qayerda qo‘llanilmayapti. Oxirgi yillarda Buyuk Britaniya kabi qator davlatlar mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlarga sarmoya kiritmoqda. Ammo bu texnologiya haqiqatan ham global isishni cheklashda samara bera oladimi-yo‘qmi — bu hali aniq emas.

Xo‘sh, so‘nggi yillardagi ekstremal ob-havo hodisalari ortida nima turibdi? Olimlar yana bosh sabab iqlim o‘zgarishi ekanligini ta’kidlashmoqda: ular issiqlik to‘lqinlari va kuchli yog‘ingarchiliklar kabi ekstremal ob-havo turlarini yanada ehtimolliroq, yanada intensivroq bo‘lishini ta’minlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid