«Eng yomonidan qutilib qolindi»: Alyaskadagi sammit haqida ekspertlar fikri
16.08.2025 | 21:30430917
Alyaskadagi sammit faqat Putin uchun yutuqli bo‘ldi. Biroq, bu uchrashuv Tramp Ukraina bo‘yicha bir tomonlama qarorlar qabul qilmasligini va Kiyev hamda Bryusselni eshitishga tayyor ekanini tasdiqladi, deyishmoqda ekspertlar.

AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Alyaskadagi uchrashuvi Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish yoki Kiyev bilan Moskva o‘rtasida tinchlik muzokaralarini boshlash bo‘yicha kelishuvga olib kelmadi. Keyinchalik Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, ehtimoliy maqbul yechim sifatida «Ukraina va Rossiya o‘rtasida hududlar almashinuvi» ko‘rilishi mumkin.
Tramp va Putin muzokaralari uch soat atrofida davom etdi. Hozircha ularning batafsil mazmuni haqida ma’lumot kam, ammo Alyaskadagi uchrashuv natijalari yuzasidan AQSH, Ukraina va Yevropa ittifoqchilari o‘rtasida maslahatlashuvlar davom etmoqda. Ko‘rinib turibdiki, eng xavfli ssenariy — Vashington va Moskva o‘rtasida Kiyev ishtirokisiz qandaydir kelishuvga erishishdan qochishga muvaffaq bo‘lindi. Biroq, sammitdan kutilgan natija —to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga erishilmadi. G‘arb tahlilchilari ushbu uchrashuvni aynan shunday baholamoqda. Ushbu sammit Ukrainadagi urushning yakunlanayotganiga ishora bo‘lishi mumkinmi?
«Putinning mamnun tabassumi» — sammitning asosiy signali
AQSH va Rossiya prezidentlari o‘rtasidagi kelishuvlar mohiyatiga oid to‘liq ma’lumot hali mavjud bo‘lmasa-da, ekspertlar yagona xulosaga keldi: Alyaskadagi sammitdan eng katta foydani Vladimir Putin ko‘rdi.
«Aniq kelishuvlarsiz ham, uning AQSH prezidenti bilan yana bir bor muzokaralar stolida o‘tirgani o‘z-o‘zidan Putinga xalqaro darajada tan olinish va global o‘yinchi sifatida qonuniylik imijini beradi. U bu maqsadga 2022 yildan beri tinmay intilib kelayotgan edi», — dedi Bryusselda joylashgan Vilfrid Martens nomidagi Yevropa tadqiqotlari markazining tashqi siyosat, xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha ilmiy xodimi Ionela Mariya Chiolan DW nashriga bergan izohida.
Alyaskadagi uchrashuv «Putinning Trampga nisbatan yaxshiroq tayyorgarligi va manipulyatsiya taktikasi»ni namoyon etdi, bu esa Rossiya rahbarining «Ankorijda g‘alaba qozonishi»ga olib keldi, deb ta’kidlaydi Slovakiyaning GLOBSEC tahliliy markazidagi mudofaa masalalari bo‘yicha ilmiy xodim Rojer Hilton. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning AQSHga tashrifi «Rossiya uchun xalqaro diplomatik nufuzini tiklash va namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi, shu bilan birga Rossiya targ‘ibotchilariga ko‘plab kontent yaratish uchun zamin yaratdi».
«Putin g‘olib bo‘ldi, chunki Ukrainaga qarshi tajovuziga qaramay, unga ta’sirli davlatlar klubiga qaytishga ruxsat berildi va buning uchun hech qanday murosaga borish talab etilmadi», — deb hisoblaydi Bryusseldagi Friends of Europe tahliliy markazining katta ilmiy xodimi, NATOning sobiq yuqori lavozimli rasmiysi Jeymi Shi.
«Putin Ukraina haqida gapirganda, o‘zining maksimalistik talablarini takrorladi, Tramp esa Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha bosim yoki sanksiyalar haqida bir og‘iz ham so‘z aytmadi. Holbuki, avvalroq u Putin o‘t ochishni to‘xtatmasa, sanksiyalar joriy etilishini bildirgan edi, — dedi tahlilchi va qo‘shimcha qildi: Uchrashuv yakunidagi Putinning mamnun nimtabassumi — sammitning eng asosiy signali bo‘ldi».
Otashkesim hamon uzoq istiqbolli bo‘lib qolmoqda
Deyarli uch soat davom etgan Tramp va Putin muzokaralarida aniq nimalar muhokama qilinganini to‘liq bilmasdan turib, Alyaskadagi sammit Ukrainadagi urushni to‘xtatishga qanday yordam berishi mumkinligini tushunish qiyin. Biroq, mutaxassislarning ta’kidlashicha, «Putinning Ukrainada o‘z maqsadlariga erishish va uning ta’biridagi «urushning tub sabablari»ni bartaraf etish niyatini hisobga olganda, bu uchrashuvning Rossiyani to‘xtatish uchun qandaydir foydasi bordek tuyulmaydi».
«Hozircha eng yomon ssenariylardan qochishga erishildi. Lekin xafsalani pir qiladigan tomoni shundaki, uch tomonlama uchrashuvga olib boruvchi yo‘lda hech qanday muvaffaqiyat qayd etilmadi. Putin esa o‘zini yetarlicha jasur his qilmoqdaki, ikki tomonlama muloqotni davom ettirmoqda va Yalta formatiga asoslangan dunyo tartibini qayta jonlantirmoqda. Unda yirik davlatlar ta’sir doiralarini o‘z orasida bo‘lib oladi», — dedi DW bilan suhbatda GLOBSEC tahliliy markazi vakili Rojer Hilton.
Garchi Donald Tramp mazkur uchrashuvni «ilgarilash» sifatida baholagan bo‘lsa-da, Ionela Mariya Chiolan fikriga ko‘ra, aslida hech qanday haqiqiy natijaga erishilgani yo‘q. Uning ta’kidlashicha, «Tramp o‘zini erishmoqchi bo‘lgan otashkesim hamon uzoq istiqboldagi mo‘ljal bo‘lib qolmoqda».
Yevropa va AQSH Ukraina bo‘yicha ittifoq tuzishi uchun hali vaqt yetarli
Shu bilan birga, Donald Trampning Rossiya bilan Ukraina masalasida Yevropa ittifoqchilari va Volodimir Zelenskiy bilan kelishmasdan muzokara o‘tkazishga tayyor emasligi aniq ma’lum bo‘ldi, deb ta’kidlaydi tahlilchi. Uning fikriga ko‘ra, bu «tanqidiy transatlantik ritorika davrida Yevropaning ahamiyatini tan olish sari qo‘yilgan, hech bo‘lmaganda qisman bo‘lsa-da, muhim qadam»dir.
«Ehtimol, bu paradoks kabi eshitilishi mumkin. Lekin Putin va Tramp Alyaskada biror muhim qaror qabul qilmagani — yaxshilik alomati. Aks holda Ukraina va Yevropa sodir bo‘lgan fakt qarshisida qolgan bo‘lardi», — deb ta’kidladi NATOning sobiq amaldori Jeymi Shi. Unga ko‘ra, endi «Yevropa AQSH bilan birgalikda Ukraina bo‘yicha asl ko‘lamli ittifoq tuzish uchun vaqtdan yuta oldi. Shu orqali Moskva-Vashington yo‘nalishini ko‘p tomonlama muzokara jarayoniga aylantirish mumkin. Xuddi AQSH va YeI Eron yadro dasturi bo‘yicha amalga oshirgan format singari».
Bryusselda bu borada ko‘p marotaba ta’kidlangan: Yevropa Ukraina tinchlik jarayonida to‘laqonli ishtirok etishi kerak. GLOBSEC markazi tahlilchisi Rojer Hilton Yevropa va Trampning Ukraina manfaatlarini hisobga olgan holda yagona pozitsiya shakllantirayotganini ijobiy hol sifatida baholaydi. Uning ishonch bilan ta’kidlashicha, «keyingi qanday bo‘lmasin otashkesim yoki to‘liq tinchlik rejasi Yevropaning faol ishtiroki bo‘lmasdan amalga oshmaydi».
Shu bilan birga, tahlilchi ogohlantiradi: Yevropa va AQSH o‘rtasidagi birgalikdagi muzokara formati va Ukraina bo‘yicha natijalarga erishishga «hozirgi Tramp va Putin o‘rtasidagi shaxsiylashtirilgan munosabatlar» salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. «Tramp Putin kim ekanini anglab yetmaguncha, Yevropa o‘z harakatlarini Kiyev bilan muvofiqlashtirishga va xalqaro maydonda u bilan bir ovozda gapirishga qaratmog‘i lozim», — deb maslahat beradi Hilton.
Vilfrid Martens markazi tahlilchisi Ionela Mariya Chiolan esa shunday xulosa qiladi: Vladimir Putin uchun diplomatiya tinchlikka erishish emas, balki xalqaro kayfiyatni o‘zi tomonga burish vositasidir.
«Rossiyaning muzokara taktikasining mohiyati aniq: tinchlik takliflari ortidan vaqt yutish, G‘arb qo‘llovini zaiflashtirish va Ukrainani ichki tomondan beqarorlashtirish maqsad qilingan. Moskva bir vaqtning o‘zida muzokara taklif qilib, harbiy harakatlarni davom ettirar ekan, bu bilan murosaga tayyorligini emas, balki bosimni oshirayotganini va kuchlar muvozanatini o‘z foydasiga o‘zgartirishni ko‘zlayotganini ko‘rsatmoqda», — deydi u.
«Alyaska sammiti tarix darsliklarga kiritilmaydi»
Umuman olganda, Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi ortidan ko‘plab savollar qoldi. Tahlilchi Ionela Mariya Chiolan fikricha, Alyaskadagi sammit na Myunxen-1938, na Yalta-1945 darajasida bo‘ldi. «Hali juda ko‘p noaniqliklar borligi inobatga olinsa, tarix bu voqeani qanday baholashini gapirishga hali erta».
Alyaska sammitida aniq natijalarning yo‘qligi — bu «bunday uchrashuvlar yetarli tayyorgarliksiz, aniq majburiyatlar yoki talablarsiz, ko‘p jihatdan improvizatsiya asosida o‘tkazilsa va AQSH prezidenti Ukrainadagi urushga nisbatan aniq pozitsiyani tanlay olmasa yoki samarali bo‘ladigan darajada yetarlicha uzoq muddatda muayyan strategik yo‘nalishni ushlab turolmasa, nima sodir bo‘lishi mumkinligining yaqqol misolidir», — deydi Jeymi Shi.
«Ehtimol, Alyaska sammiti tarix darsliklarida tilga olinmas. Lekin u yerda AQSH tomonidan Ukrainaning hududiy bo‘linishi yoki Rossiyaning boshqa talablarini qabul qilish kabi eng yomon ssenariylarning oldini olishga erishildi», — deya ta’kidlaydi Friends of Europe markazi tahlilchisi.
Shu bilan birga, Jeyms Shining ogohlantirishicha, har gal Tramp Putin bilan gaplashganda, u Rossiya nuqtayi nazariga yaqinlashadi. «Zelenskiy va Yevropa rahbarlarining vazifasi —Trampni yanada qat’iyroq va prinsipialroq pozitsiyaga qaytarish», — deb xitob yo‘llaydi tahlilchi.