Fors ko‘rfazida yuk tashish inqirozi chuqurlashmoqda
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish to‘xtab qoldi, kamdan-kam tanker qatnovi amalga oshdi, neft va gaz narxlari keskin ko‘tarilmoqda.

4-mart kuni AQSH–Eron urushi yanada kengaydi: AQSH zarbasi Shri-Lanka yaqinida Eron harbiy kemasiga tegdi. Bu esa Ҳўрмuз bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini beshinchi kun ham falaj қилdi va Yaqin Sharqdan neft hamda gaz oqimini keskin cheklab qo‘ygan inqirozni yanada chuqurlashtirdi, deb yozdi «Reuters».
Eron kemasiga AQSH suvosti kemasi tomonidan berilgan zarba AQSH prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdan neft va gaz eksport qilayotgan kemalarga sug‘urta hamda harbiy-dengiz kuzatuvini ta’minlashga va’da bergan paytga to‘g‘ri keldi. Bu choralar energiya narxlarining keskin oshishini jilovlashga qaratilgan.
«Reuters» agentligi «MarineTraffic» kemalarni kuzatish platformasi ma’lumotlariga asoslanib hisob-kitob qilishicha, kamida 200 ta kema – jumladan neft tankerlari, suyultirilgan tabiiy gaz tashuvchi tankerlar va yuk kemalari – Iroq, Saudiya Arabistoni va Qatar kabi yirik Fors ko‘rfazi neft ishlab chiqaruvchilari sohillari yaqinidagi ochiq suvlarda langar tashlab turibdi.
Yana yuzlab kemalar Ҳўрмuз bo‘g‘ozidan tashqarida qolib, portlarga yetib bora olmayapti. Bu suv yo‘li dunyo nefti va suyultirilgan tabiiy gaz ta’minotining taxminan beshdan bir qismi o‘tadigan muhim transport arteriyasi hisoblanadi.
Eron bilan mojaro 28-fevral kuni boshlanganidan beri kamida sakkizta kema hujumga uchragan. 4-mart kuni Malta bayrog‘i ostida suzayotgan «Safeen Prestige» konteyner kemasi Ҳўрмuз bo‘g‘ozining shimoliy qismi tomon yo‘l olar ekan, snaryad zarbasidan shikastlandi. Shu sababli ekipaj kemani tark etishga majbur bo‘lgan, deb xabar qildi Britaniya harbiy-dengiz agentligi (UKMTO).
«Marshall orollari bayrog‘i ostidagi «Libra Trader» neft tankeri hamda Panama bayrog‘i ostidagi «Gold Oak» quruq yuk kemasi ham 4-mart kuni ertalab Birlashgan Arab Amirliklaridagi Fujayra portidan taxminan 7–10 dengiz mili uzoqlikda yengil shikast olgan», – deya ma’lum qildi «UKMTO».
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, «Libra Trader» noma’lum snaryad portlashi va uning parchalari sabab shikastlangan, «Gold Oak» esa snaryad bilan to‘qnashib ketgan. Biroq ikki kema ham jiddiy zarar ko‘rmagan va ekipaj a’zolari jarohat olmagan.
«Qatar 4-mart kuni сuюлтирилган tabiiy gaz ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatadi va kamida bir oy davomida normal ishlab chiqarish hamda eksportga qaytolmaydi», – deya «Reuters» agentligiga ikki manba ma’lum qilgan.
Energetika giganti «QatarEnergy» ishlab chiqarish obyektlariga qilingan hujumlardan keyin сuюлтирилган tabiiy gaz yuklamalari bo‘yicha fors-major e’lon qildi.
Iroq esa neft ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur bo‘ldi, chunki mamlakatda saqlash joylari tugagan va neftni tankerlarga yuklash imkoni bo‘lmayapti. Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvayt ham neft yuklashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, ammo ular ishlab chiqarishni qisqartirgan-qisqartirmagani hozircha aniq emas.
Yuk tashish to‘xtab qolganiga qaramay, kamyob tanker qatnovi amalga oshdi
Yuk tashishdagi tiqilishlarga qaramay, 3-mart kuni kamdan-kam uchraydigan safar amalga oshdi: «Suezmax» turidagi «Pola» tankeri Ҳўрмuз bo‘g‘ozi orqali o‘tib, neft yuklash uchun Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l oldi. Bu haqda sohadagi manbalar va «London Stock Exchange Group» kemalarni kuzatish ma’lumotlariga tayanib xabar berildi.
«Pola» tankeri 2-mart kuni Ҳўрмuз bo‘g‘oziga yaqinlashayotganda o‘zining AIS transponderini o‘chirgan va keyingi kuni Abu Dabi yaqinida yana kuzatuv tizimida paydo bo‘lgan.
3-mart kuni Donald Tramp AQSH Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasiga Fors ko‘rfazidagi dengiz savdosi uchun siyosiy xavf-xatar sug‘urtasi va moliyaviy kafolatlar taqdim etishni topshirganini ma’lum qildi.
«Har qanday sharoitda ham AQSH dunyoga energiya ta’minotining erkin oqimini ta’minlaydi», – deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi postida.
So‘nggi kunlarda tijoriy harbiy xavf sug‘urtasi narxi kamida besh barobarga oshdi. «Gallagher» сuғuрta brokeri vakili Angus Bleynining aytishicha, «stavkalar kema egalari va charterchilar odatda ko‘rib yurgan darajadan ancha ошган».
«Narxlar kema turi, yuk va yo‘nalishga qarab farq qiladi, ammo dengiz sug‘urtachilari hozircha himoyani taqdim etishda davom etmoqda», – dedi u.
4-mart kuni neft narxlari biroz pasaygan bo‘lsa-da, 28-fevral kuni urush boshlanganidan beri 12 foizga oshdi. Bu AQSH va Исроилнинг Eronга qarshi zarbalari Yaqin Sharqdan ta’minotni izdan chiqargani bilan izohlanmoqda.
4-mart kuni «Goldman Sachs» «Brent» nefti bo‘yicha ikkinchi chorak prognozini barreliga 10 dollarga oshirib, 76 dollarga yetkazdi. Shuningdek, «WTI» nefti bo‘yicha prognozni ham 9 dollarga oshirib, barreliga 71 dollar deb baholadi.
Bankka ko‘ra, Ҳўрмuз bo‘g‘ozi orqali neft va gaz eksporti kutilgandan uzoqroq vaqtga uzilib qolishi hamda neft ishlab chiqarish obyektlariga yetkazilgan zarar asosiy xavflardan biri hisoblanadi. Shuningdek, Ҳўрмuз orqali neft oqimining kamayishi mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) davlatlaridagi zaxiralar va Yaqin Sharq ishlab chiqarishining keskin pasayishiga olib kelishi mumkin.
«Hozirda Eron tahdidi ostida bo‘lgan hududlarda harakatlanayotgan barcha tankerlarni himoya qilish real emas, chunki bu uchun juda ko‘p sonli harbiy kemalar va boshqa harbiy resurslar talab qilinadi», – dedi «BIMCO» xavfsizlik va muhofaza bo‘yicha bosh direktori Yakob Larsen.
Osiyo алтернатив neft qidirmoqda
Ba’zi Osiyo neft qayta ishlash va neft-kimyo kompaniyalari ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur bo‘lmoqda, chunki ular Fors ko‘rfazidagi yetkazib beruvchilardan tezkor almashtiruvchi yuk olish imkoniga ega emas, yuk tashish to‘xtab qolgani tufayli.
Hindistonning Mangalor neft qayta ishlash va neft-kimyo korxonasi hamda «Petronet LNG» bu uzilishlar tufayli fors-major e’lon qilgan.
Osiyo o‘z neftining 60 фоизини Yaqin Sharqdan oladi, bu hududni uzilishlarga sezgir qiladi. Indoneziya va Yaponiya qayta ishlovchilar AQSHdan ko‘proq neft sotib olib, yetishmovchilikni qoplamoqda. Hindiston esa Rossiyadan ko‘proq neft sotib olishni ko‘rib chiqadi.
Shuningdek, Saudiya Arabistonining «Aramco» kompaniyasining eng yirik ichki qayta ishlash zavodi va asosiy neft eksport terminali «Ras Tanura» chorshanba kuni hujumga uchragan.





