add

Hongkongda mediamagnatga 20 yil qamoq jazosi berildi

Kecha 18:182 daqiqa

Hongkong sudi Xitoyni oshkora tanqid qiluvchi va ommaviy namoyishlarda ishtirok etgan eng ko‘zga ko‘ringan figuralardan biri Jimmi Layni 20 yil qamoqqa hukm qildi. U «qo‘zg‘atish» va «chet el kuchlari bilan hamkorlik»da aybli deb topildi.

Hongkongda mediamagnatga 20 yil qamoq jazosi berildi

Sud Jimmi Layni Xitoyning maxsus ma’muriy hudud qonunlarini buzganlikda aybladi. 78 yoshli Lay avvalroq «chet el kuchlari bilan hamkorlik» va «qo‘zg‘atuvchi nashrlar tarqatish» bo‘yicha aybli deb topilgani xabar qilingan.

Bu Hongkongdagi Xitoyni eng qat’iy tanqid qiluvchi shaxslardan biri bo‘lgan biznesmenga qarshi birinchi jinoiy ish emas. U 2020 yil dekabrdan beri qamoqda.

Avval Lay 2019 yildagi ommaviy namoyishlarda ishtirok etgani uchun hukm qilingan edi. Bu namoyishlar Xitoy Pekin tarafidan «buzg‘unchilik, separatizm yoki terrorchilik» deb atalgan faoliyatga qarshi qabul qilingan milliy xavfsizlik qonuni munosabati bilan bo‘lgan. O‘shanda sud oppozitsion shaxsni tadbirkorlik firibgarligida ayblab yana 5 yilga qamoqqa hukm qildi.

Lay «Next Digital» kompaniyasi rahbari bo‘lgan, bu kompaniya esa oppozitsion demokratik gazetasi «Apple Daily»ning ona shirkati hisoblanadi. Gazeta 2021 yil iyun oyida hukumat bosimi ostida yopilgan. Demokratik oppozitsiya va inson huquqlari tashkilotlari Jimmi Layni qamashni siyosiy motivli deb baholaydi va bu Honkongdagi matbuot erkinligiga yana bir zarba deb hisoblanadi.

Hongkong hukumati ayblovlarni rad etadi va mediamagnatga qarshi ishlarni «hudud qonunchiligini ta’minlash» uchun qilingan deb ta’kidlaydi.

«Human Rights Watch»: Yangi hukm – «amalda o‘lim jazosi»

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari sud qarorini qattiq tanqid qildi. «HRW»ning Osiyo bo‘yicha rahbari Eleyn Pirsonning so‘zlariga ko‘ra, Layning og‘ir sog‘liq holati va ko‘p yillik qamoq hukmi amalda o‘lim jazosiga teng.

«Reporters Without Borders» (RSF) sud qarorini Honkongda matbuot erkinligining to‘liq vayronasi sifatida baholadi. Tashkilot Buyuk Britaniya va AQSHni Lay va boshqa barcha jurnalistlarni qamoqdan ozod qilish uchun Pekin va Hongkong hokimiyatiga bosim o‘tkazishga chaqiradi.

AQSH prezidenti Donald Tramp saylov kampaniyasi davrida, ayniqsa, Layni qamoqdan ozod qilishga intilishini bildirgan.

Teglar

Mavzuga oid